Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə6/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

Kabi, singari yanglig' ko'makchilari bir narsani boshqa narsaga o'xshatish, chog'ishtirish ma'nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora... g'am chekib yotgandir (Oyb.). Kabi, singari ko'makchilari bilan -dek, -day qo'shimchalarining ma'no-doshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo'shimchalar sifatida berilgan. -dek, -day affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o'xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog '-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi. Qalandarovertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi (A.Qah.). U go'yo tug'ilib о'sgan qishlog'ini ko'rmoqchiday boshini ko'tarib hayajon va sog'inch bilan uzoqlarga tikildi (Oyb.) Bu o'rinda ham til hodisalarini izohlashda zo'rma-zo'rakilik yuzaga kelgan. Natijada nutqimizda tez-tezishlatiladigan ushbu qo'shimchalar noto'g'ri talqin etilgan. Buni quyidagi oddiy qiyosda –jadvalda ko'rish mumkin .
Oddiy mantiq -dek, -day qo'shimchasi kabi (singari, yanglig', misol, misoli) sof ko'makchisiga sinonim ekanligini, -dek, -day qo'shimchalarida so'z yasash xususiyati yo'qligini ko'rsatib turibdi.


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə