Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə20/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

1. Kelishiklar taraqqiyoti.

2. Eski o’zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari.

3. Eski o’zbek tilida jo’nalish,o’rin-payt va chiqish kelishiklari.

Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so'zning fe'lga, ba'zan boshqa so’z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o’zbek tilida hozirgi o'zbek tilidagidek 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bo’lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma'lum darajada qo’llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo’llanishi ancha chegaralangan bo'lib, o’zining grammatik xususiyatini yo'qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste'moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo'llangan so’zlar ravish kategoriyasiga o’tgan yoki o’tish jarayonida bo’lib, payt, holat kabi ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Aq urub, faryad yetvr-men sensizin \\ Bu vujudo'mdo'n salo'btur yalguz un (Lugf.). Bolsa jannatda Atayi sensizin, 'o'lgay fo'gan (Atoiy).



Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko'rsatkichga ega bo'lmaydi. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkokiy ul ap manzo'yao'na xud yete bo'lmes (Sakk.). Anda kop ulamalar davra ali'b o’lturubturlar (Furq). Shu bilan birga, bosh kelishikdagi so’z kesim va ikkinchi darajali bo’lak vazifasida ham keladi.


Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə