Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə21/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo’shimchasi ko’p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo’shila bergan:

-ni'n\\nin. Mazkur qo’shimcha har qanday negizlarga qo’shila beradi: qoychi'ni'n iti (Taf.). Yelchinin shahdli'q zahri' shishasi... (Nav.SS). Bu qo’shimcha XV asrgacha bo’lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo’lmagan negizlarga qo’shilgan.

Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo’g’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Rasulnin so’zi (Taf.). Xarunnun aqli' (Rabg’.). Ko’zunnun alli'da nargis kelib qati'g’ ko’zlug.. .(Nav.SS). Bu qo’shimchaning yuqoridagi negizlarga qo’shilishi XV-XV1 asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari uchraydi: Ko’znin niyati (Atoiy), xalqnun ranji' (Taf.).

-i'n\in\yn. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo’shiladigan bu qo’shimchalar eski o’zbek tilida uchraydi. Lekin uning qo’llanishi ayrim so’z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo’shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo’llangandir: ul yelin yevlari, anlari'n yevlari.

-un qo’shimchasi. Bu qo’shimcha kim olmoshi bilangina qo’llangan: Sen kimun o’g’li'-sen?

Qaratqich kelishigi qo’shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli o’zbek shevalarida ham uchraydi.

Bu kelishikning belgisiz qo’llanishi eski o’zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bo’lgan: Mulk ikki bag’i' ikki alam \\ Sultanli'g’ yerur sana musallam (Nav.SS).




Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə