O’rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da\da’ jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Qayg’uda za'if boldi' (Rabg’).
-ta\ta’ jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga q’shiladi. Bu ishta ixti'yari'm yoq turur (Atoiy). Tani'maqta magar yani’lmi’sh-sen (Nav.SS).
O’rin-payt kelishigining –ta\ta' affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da\da’ affiksi qo’shila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-di'n\din unli va jarangli undosh bilan tugagan so'zlarga qo’shiladi: Charx qasri'di'n quyash har kun tushar alamara (Nav.SS).
-ti'n\tin jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Sen bashti'n ayaq jan-sen (MN). Lekin jarangsiz undoshlar bilan tugagan so’z negizlariga ham -di'n\din affiksi qo’shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga ham –tin\ti'n affiksining qo’shilishi qayd qilinadi: Xojandti'n Axsi'g’a kelur (BN).
Dostları ilə paylaş: |