Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə23/52
tarix07.01.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#82697
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
BT sirtqi mustaqil ta`lim

Jo’nalish kelishigi. Bu kelishik qo’shimchasi eski o’zbek tilida –qa\g’a\ka\ga, -a\-a’ va –na\n’a kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bo'lgan –g’aru\garu\qaru\karu –ra\ra’\ru\ru’ qo’shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.

-g’a\ ga varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi,

-qa qo’shimchasi jarangsiz undoshlar va undoshlari bilan tugagan negizlarga qo’shiladi: Yeykim bari' she'r ahli'g’a sen xan yanli'g’ \\ She'rin bari' she’rlarga sultan yanli'g’ (Bobir).

XIV-XV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya'ni, -g’a o’rnida -qa qo’shimchasi yoki aksincha qo’llanavergan: Ibrahimga I Ibrahimqa, avg’a\avqa, otg’a\otqa (Rabg’.).

-ka\ga. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo’shiladi. Eski o’zbek tilida qay hollarda -qa, qaysi hollarda -ga qo’shimchasining qo’shilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan so’ng -ga, jarangsiz undoshlardan so'ng -ka qo’shimchasining qo’llanganini fahm qilish mumkin: Ko’nglumge dard kelgali...(BN). Yelikka menin yashi'm yeti (SH.turk).



-o\a Bu affikslar undosh bilan tugagan so'zlarga qo’shiladi. Lekin uning qo’llanishi janrlar bo’yicha chegaralangan. Bu forma XI1-X1V asrlar she'riy asarlari hamda prozaik asarlarda qo’llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she'riy asarlarda uchraydi:

Bashlari'ni' qashi'ma yetkurunuz (SHN). Kel, taqi' yurtuna yega bol (SH.tar.).

Ne uchun avval o’zuna ashna qildi'n meni (Atoiy). Ya rabb, ne ajab yari' jafakara yoluqtum\\Ko’zi-yu qashi’ jadu-vu makkara yoluqtum (Lutf.).

Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan –g’aru\garu\qaru\karu\ru\ru’ affikslari eski o’zbek tilida o’zining kelishik funksiyasini yo’qotgan. Ular keyinchalik eski o’zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.

Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan -ra\ra’ affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chi'q. Biroq bu affiks ham keyinchalik ravish yasovchiga o’tib ketgan: ichra (ichkari), asra (pastki,quyi).

Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan. Misollar: Senki ul yan azimat yetkundur (Nav.SS). Bir inisin yibarur boldi' Hisar (Sh.N).




Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə