Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari



Yüklə 5,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/109
tarix22.03.2024
ölçüsü5,16 Kb.
#182163
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

ichki ta’sirlar 
deb ataladi.
Tashqi ta’sirlarni
o’z navbatida ikki turga bo’lish mumkin. Tizimning 
kirishiga ongli uzatiladigan va texnologik jarayonning normal borishi uchun 
zarur bo’lgan tashqi ta’sirlar birinchi turga kiradi. Bular topshirish yoki kirish 
ta’sirlari deb ataladi. Odatda ular 
x
bilan belgilanadi; har qanday avtomatika 
tizimining ishi vaqt ichida bajarilganidan kirish kattaligining ta’siri vaqt bilan 
bog’lanadi va odatda 
x(t)
tarzida belgilanadi. 
x(t)
ta’sirida avtomatika tizimida 
turli miqdoriy va sifatiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, natijada jarayon 
ko’rsatkichlari – rostlanadigan miqdorlar – istalgan qiymatni oladi yoki 
o’zgarish har akteri talab etilgandek bo’ladi.
Rostlanadigan miqdorlar 
u(t)
bilan belgilanadi va chiqish koordinatlari 
yoki 
chiqish miqdorlari
deb ataladi.


22 
Rostlanuvchi ob’ektga bevosita keladigan ta’sirlar avtomatik rostlash 
tizimiga beriladigan tashqi ta’sirlarning ikkinchi turiga kiradi. Bu ta’sirlar 
tashqi 
g’alayonlar 
deb ataladi va F(t) bilan belgilanadi. 
Turli avtomatika tizimlari uchun g’alayonlar ham turlicha bo’ladi. 
Masalan, o’zgarmas tok motori uchun motorga keltiriladigan kuchlanish kirish 
miqdori, motorning aylanish chastotasi chiqish (rostlanadigan) miqdori, uning 
validagi yuklama esa g’alayon bo’ladi.
G’alayonlar asosiy va ikkinchi darajali bo’ladi. Asosiy g’alayonlarga 
rostlanuvchi miqdor 
u(t) 
ga eng ko’p ta’sir ko’rsatuvchi g’alayonlar kiradi. Agar 
tashqi g’alayonlarning rostlanuvchi miqdor 
u(t)
ga ta’siri oz bo’lsa, ular ikkinchi 
darajali deb ham xisoblanadi. Masalan, o’zgarmas tok bilan qo’zg’atiladigan 
o’zgarmas tok motori uchun motorning validagi yuklama asosiy g’alayon, motor 
aylanish chastotasining juda oz o’zgarishiga sabab bo’ladigan g’alayonlar 
(xususan, qo’zgatish chulg’amining va yakor chulg’amining qarshiligini, 
binobarin, toklarni ham o’zgartiruvchi tashqi muxit har oratining o’zgarishi; 
motorning qo’zgatish chulg’amini ta’minlovchi elektrik tarmoq kuchlanishning 
o’zgarishi; cho’tkali kontaktlar qarshiligini o’zgarishi va boshqalar) ikkinchi 
darajali bo’ladi. Agar tizimda bir chiqish miqdori (koordinata) rostlansa, bunday 
tizim bir konturli, agar tizimda bir necha miqdor (koordinata) rostlansa, 
shuningdek, bir chiqish koordinatasining o’zgarishi boshqa koordinataning 
o’zgarishiga ta’sir etsa, bunday tizim ko’p konturli deb ataladi.

Yüklə 5,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə