Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari



Yüklə 5,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/109
tarix22.03.2024
ölçüsü5,16 Kb.
#182163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

Fanning vazifasi 
– boshqarish sistеmalarida avtomatika elеmеntlari va 
qurilmalarini tutgan o’rni, ularni ishlatish xususiyatlarini mukammallashtirish va 
rivojlantirish usullarini, zamonaviy elеmеntlar asosida qurilmalar yaratishni 
talabalarga o’rgatishdan iborat.
Fanning maqsadi 
– talabalarga element va qurilmalarning tuzilishini, 
ishlash printsiplarini, asosiy xarakteristikalarini, sistema sifatiga qo’yiladigan 
talablar asosida ularni tanlashni, element va qurilmalarni aniq va xatosiz 
ishlatishni o’rgatishdan iborat.
Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- ish rejimi boshqaruvining sezgir elementlari;
- elektrik o’zgartirgichlar(datchiklar va elektromagnitli relelar);
- avtomatik qurilma kuchaytirgichlari(magnitli, elektromagnitli, 
elektrovakuumli, yarimo’tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar);
- mexanizmlarning burchak holatlarini o’lchovchi elementlar(halqali 
potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar);
- teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa 
elementlari;


12 
- avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari(elektrli, gidravlik, 
pnevmatik va boshqa turli).
Har qanday boshqarish jarayoni to’rtda tashkil etuvchilarga bo’linishi mumkin:
1) ob’yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi 
ma’lumotni olish;
2) ob’yekt holati haqidagi ma’lumotni olish;
3) olingan ma’lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya’ni boshqarish 
signalini shakllantirish;
4) shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish – ishlab chiqiqgan 
boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta’sirini amalga tadbiq etish.
Maxsus avtomatik qurilmalar yordamida bajariluvchi vazifalariga ko’ra 
avtomatlashtirishni quyidagi asosiy ko’rinishlarga ajratish mumkin: avtomatik 
nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik va masofadan boshqarish, telemexanik 
boshqaruv. 
Avtomatik nazorat
texnologik jarayon xaqida operativ ma’lumotlarni 
avtomatik ravishda qabul qilish va uning tarkibiga avtomatik signallash, 
o’lchash, saralash va axborot yig’ish kiradi. 
Topshiriq beruvchi element (zadatchik) 
deb, boshqarish maqsadiga mos 
siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma 
sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz 
dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin.


13 
Avtomatik signallash
nazorat qilinayotgan turli texnologik jarayonlarning 
chegaraviy holatlarini xizmatchi xodimlarga ma’lum qilishda qo’llaniladi. 
Signallash vositalari yorug’lik, tovushli yoki bir vaqtda ikkala ko’rinishga ega 
bo’lishi mumkin (lampalar, sirenalar maxsus dinamik qurilmalar va boshqalar). 
Avtomatik o’lchash
alohida texnologik jarayon yoki mashina va 
agregatlarning ishini ko’rsatuvchi fizik kattaliklar xaqida o’lchov vostalari 
yordamida ma’lumotlar olishga xizmat qiladi. 

O’lchovchi element 
ob’yekt holatini, ob’yektning chiqish parametrlarini, 
shuningdek tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lumotni tizimning 
boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. 


14 
Boshqaruvchi(rostlovchi) element 
oddiy holatda boshqariluvchi(rostlanuvchi) 
qiymatni berilgan qiymatdan og’ishiga proporsional boshqarish(rostlash) 
signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element(regulyator) juda 
murakkab tuzilishga ega va huddi boshqa turli elementlar(kuchaytirgichlar, 
filtlar, qo’shuvchi(jamlovchi) va h.k)dan tashkil topgan tizim deb ko’rish 
mumkin. 
Avtomatik 
saralash
maxsulotning 
o’lchami, 
og’irligi, 
kattaligi, 
cho’ziluvchanligi va boshqa fizik ko’rsatkichlariga qarab avtomatik ravishda 
ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi (don maxsulotlari, tuxumlarni, 
mevalarni, sabzavotlarni saralash va x.k.). 
Ijro etuvchi elementlar 
boshqarish ob’yekti holatini bevosita o’zgartirish 
uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi elementlarga 
ijro etuvchi mexanizmlar 
va 
rostlash organlari 
taaluqlidir. 


15 


Yüklə 5,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə