Boshqarishning tashkiliy strukturalari


Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə6/8
tarix22.12.2022
ölçüsü45,06 Kb.
#97612
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshqarishning tashkiliy strukturalari

3. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.

Bu degan so’z korxona tarkibiga:




  • venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari


  • biznes-markazlar


  • ekspert guruhlari


  • ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.


Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar. "Venchur" iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi:




  • uddaburonligi, epchilligi


  • serharakatliligini


  • quntli, matonatliligini


  • dadilligi, jasoratliligini


  • jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.




4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.

"Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.

Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.




1.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni

Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.

Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.

Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:

Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.

Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.

Firma - bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.

Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.

Firmalar turlari:


Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə