Boshqaruv psixologiyasi


Texnika sohasidagi kompetensiya



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə26/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

21. Texnika sohasidagi kompetensiya - texnika sohasidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni ko‘rsata olish.Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) bir qator muammolarni echishda texnik bilimlardan unumli foydalanadi;(b) texnikaning biror sohasida chuqur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi;(v) bunday insonga xuddi ekspertga xulosa chiqarish yoki maslaxat olish uchun murojaatqilgandek murojaat qilishadi;(g) o‘z sohasida so‘nggi texnika yutuqlari haqidagi maxlumotlar bilan doimiy tanishib boradi.
22. Tashabbuskorlik. - tegishli ko‘rsatmalar olish yoki kuchli zaruriyat tug‘ilgunga qadar nima qilish kerakligini ko‘ra olish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: (a) murakkab vaziyat yuzaga kelishini oldindan ko‘rib, nima qmlmsh va qanday yo‘l tutish kerakligini biladi, undan buni so‘rashlarini kutib o‘tirmaydi;(b) konkret vaziyatda ishni talab qilinganidan ham ortiqroq qilib bajaradi;(v) vaziyatning boshqa qatnashuvchilari istiqbolni qanday ko‘rayotganliklariga qiziqadi;(g) voqea-hodisalarni o‘zlashtirish uchun mustaqil qadam tashlaydi.
23. Tadbirkorlik qobiliyati.- foydali imkoniyatlarni qidirish, topish va biznes maqsadiga erishishda tavakkalchilikka tayyor turish. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) foydali imkoniyatlarni sezadi va qo‘ldan boy bermaydi;(b) korxona uchun yangi imkoniyatlarni ochib berish mumkin bo‘lgan biznes, ishlab chiqarish va bozordagi voqea-hodisalardan doimiy xabardor bo‘lib turadi;(v) biznes rejani amalga oshirish uchun tavakkalchilik qilishga tayyorlanib boradi;(g) salohiyatli xaridorlar, etkazib beruvchilar va xamkorlarga yangidan-yangi kelishuvlarni taklif qiladi;(d) hamkasblaridagi tadbirkorlik xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlaydi.
24. YAngiliklarni madaniylashtiri- yangi, mukammal uslub, tovar,algoritm yoki texnologiyalarning ishlab chiqarilishi va kirib kelishiga xomiylik qilish va qo‘llab-quvvatlash. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:(a) yangi tovar yoki xizmat turini mustaqil ishlab chiqadi;(b) yangi uslub yoki yondashuvni mustaqil ishlab chiqadi;(v) yangi tovar, xizmat, uslub yoki algoritmni ishlab chiqarishga tatbiq etadi;(g) yangi yondashuv, uslub va texnologiyalarni taklif qiladi;(d) tovarni tez, yaxshi va kam xarajatli ishlab chiqarish usullarini yaratadi;(e) yangiliklar yaratish uchun hamkasblar bilan tinimsiz ish olib boradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə