Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Tayanch so‘z va iboralar:Boshqaruv, menejer, psixologiya, voqelik, standart,kuzatish, metod, reja,demokratiya,biografik metod.
Mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotganO‘zbekiston davlati uchun ham boshqaruv tuzumini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tanlash, o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish ularning bilim saviyalarini yanada yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni yaratishmasalasi taraqqiyotning muhum omiliga aylanib bormoqda. Boshqaruvda SHarq va G‘arb olimlarining o‘ziga xos qarashlari mavjud.Jumladan,Abu Rayhon Beruniy asarlarida, al-Forobiy qo‘lyozmalarida rahbar insonlarning shahsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, mas’uliyatli vazifalar,ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, rahbarning fahm-farosati, donishmandligi, haqgo‘yligi, halqparvarligi, insof-diyonatliligi, sahovatpeshaligi ilmiy-amaliy namunalar asosida ta’kidlab o‘tilgan.S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont’ev, B.G.Anan’ev, B.F.Lomov, R.H.SHakurov,A.G.Kovalev V.I.Miheev M.Markov, A.L.Svintsitskiy, B.D.Parigin va boshqalar boshqaruv va rahbar faoliyatining faoliyat samarasiga ta’siri jarayonilarining o‘ziga hos hususiyatlarini ochib berishgan. Bundan tashqari ta’lim jarayonini boshqarishda Guruhning va o‘quvchilarning hususiyatlarini hisobga olish, o‘quvchilar Guruhida o‘zaro munosabatlarni boshqarish kabi masalalar doirasidaA.Z.Gafarov, A.H.YUgay, M.G.Davletshin, S.M. Tuychieva, A.I.SHerbakova, A.A.Radugina, e.N.Pronina, V.V.Lukashevich, R.S Nemovlar tomonidan o‘rganilgan. Rahbarlik uslublari haqida nemis olimlaridan G.Gibsh va M.Forverg, rusolimlaridan V.Parigin, L.Uminskiy, M.Jukov, T.YU.Bazarov va o‘zbekolimlaridan I.Mahmudov, O.Hayitov,N. Boymurodov va boshqalarning ishlarida mazmunan yoritib berilgan.Ayniqsa N.Boymurodovning“Rahbar psihologiyasi” nomli oliy ta’lim, halq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining ma’muriy hodimlari uchun qo‘llanmasida boshqaruvning ta’lim jarayonidagi o‘ziga hos hususiyatlari va boshqaruvchi rahbarlarga hos qobiliyatlar, boshqaruvchilarning faoliyat jarayonida e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlar hususida atroflicha bayon qilib berilgan.Mazkur muammo bo‘yicha A.G.Kovalev rahbar avtoritetining boshqaruv samaradorligiga ta’siri, avtoritetli rahbarning shahsiy qiyofasi, yuksak obro‘ga ega bo‘lgan rahbarning namunasi, avtoritetning shakllantirish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. R.H.SHakurov rahbarning ruhiy muhitni vujudga keltirishi bilan birga, uning tashkilotchilik qobiliyatimuhim ahamiyatga ega ekanligini o‘qtirib o‘tadi. B.F.Lomov faoliyatga yondashuvdagi yangicha munosabat, ularni boshqarish uchun rahbar kasbida muayyan fazilatlar, operativlik, ishchanlik, serg‘ayratlik hususiyatlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. V.I.Miheev rahbarning shahsi, boshqaruv munosabatlarining hususiyatlari, ishlovchilarning shahsiy fazilatlari-ijtimoiy-ruhiy muhitning kafolati ekanligini ta’kidlaydi. ruhiy muhitni vujudga keltirishi bilan birga, uning tashkilotchilik qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligini o‘qtirib o‘tadi. B.F.Lomov faoliyatga yondashuvdagi yangicha munosabat, ularni boshqarish uchun rahbar kasbida muayyan fazilatlar, operativlik, ishchanlik, serg‘ayratlik hususiyatlari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. V.I.Miheev rahbarning shahsi, boshqaruv munosabatlarining hususiyatlari, ishlovchilarning shahsiyfazilatlari-ijtimoiy-ruhiy muhitning kafolati ekanligini ta’kidlaydi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə