Boshqaruv psixologiyasi


-Mavzu:BOSHQARUVCHI RAHBAR SHAXSIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə9/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

4-Mavzu:BOSHQARUVCHI RAHBAR SHAXSIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
Reja:
1.Boshqaruvchi-rahbar shaxsi va liderlik tushunchasi. Boshqaruvchi- rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
2.Boshqaruvchi- rahbarning psixologik xususiyatlari. Boshqaruvchi- rahbarning ijtimoiy xususiyatlari. Qarashlarning keng qamrovli bo‘lishi yoki global yondashuvni amalga oshira olish; maqsadni aniq ko‘ra olish;ko‘lamni aniq tasavvur etish; jur’atli; qat’iyatli va mard bo‘lish.
Tayanch tushunchalar: shaxsiy talablar,psixologik xususiyatlar,
Odam tirik mavjudot sifatidagina emas, biologik organizm, balki nasliy yul bilan utgan bir qator sotsial-psixologik xususiyatlarga ega bulgan biosotsial mavjudotdir. Bu xususiyatlar odamda genlarga joylashtirilgan kurtak tariqasida bulib, organizmning ma’lum anotomo-fiziologik va shaxsning psixik taraediyoti imkoniyatlari sifatida mavjud buladi. Natijada bu kurtaklar shaxsda anotomo-fiziologik va psixologik omil sifatida odamning faqat sotsial va tabiiy muhit bilan bogliq bulgan munosabatlari jarayonida uning xaqiqiy xarakter xususiyatiga aylanadi.Xarakter insonning atrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydigan hamda uning xatti-harakatida, xulqida namoyon buladigan xususiyatlarning individual yigindisidir. Xarakterning har bir xususiyati ma’lum bir sharoitda u yoki bu xatti- harakatning sodir bulishiga olib keladi. Inson xarakterini bilish uchun u bilan doimiy muloqotda bulish talab etiladi. Inson xarakterini tushunganimizdan sung uning muayyan sharoitda qanday yul tutishini va undan nimalarni kutish mumkinligini bilamiz. Agar insonning individualligi ichki muayyanlikdan mavxum bulsa yoki uning xatti-harakatlari uziga unchalik bogliq bulmay, faqat tashqi sharoitga bogliq bulsa, bunday odam xaraktersiz shaxe hisoblanadi. Xarakter belgilari inson xulqining odatlangan shaklida namoyon buladi.Xarakterning barcha belgilarini shartli ravishda ikki guruhga bulish mumkin.Birinchi guruh— shaxsning yunalishi ifodalangan xarakter belgilardir. Masalan, jamoaviylik (inson jamoada umum manfaatini uzining tor shaxsiy manfaatidan ustun quyadi, qadr-qimmatini jamoada kuradi) va egoizm (inson o‘zini amma narsadan oldin uz shaxsiy manfaatini uylaydi, uning uchun faqat uzining shaxsiy ehtiyoji va istaklari mavjud), ziyraklik, kirishuvchanlik va bilimlik, mehnatsevarlik va yalqovlik, ishga vijdonan yondashish va loqaydlik, tartiblilik va mas’uliyatsizlik, tashabbuskorlik va beparvolik, yangilikni xis etish va gaflat, tejamkorlik va isrofgarchilik, uzgalarga yordam berish va kishilarga vahshiyona munosabat, kamtarlik va uz-uziga tanqidiy qaray bilish, manmanlik, uziga talabchan- lik va dimogdorlik, uz qadr-qimmatini bilish, takabburlik va boshqalar.«Agar inson uzi uchungina mehnat qilsa—deb yozgan edi mashhur psixolog K.K.Platonov. - Extimol, u mashhur olim, buyuk donishmand, a’lo darajadagi shoir bulishi mumkin, ammo hech qachon komil va buyuk inson bulolmaydi» Ikkinchi guruh xarakterlilar muayyan tamoyillarga asoslanib uz xulqini, uz faoliyatini ongli boshsara oladi. Kuygan maksadi yulida paydo bulgan tusiqlarni engishga intiladi va unga erishadi. Bu tur raxbarning yaxshi fazilatlari odat va kunikmalari kupchilikka manzur buladi. SHunga qaramasdan, bunday rahbarlarning ham xulq-atvori, xatti- harakatlari, fe’l-atvori qarida qarama-qarshi fikrlar, muloxazalar paydo bulishi mumkin. Bunday qarama-qarshilik kup orzu-istaklarni, rejalarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jamoaviy ehtiyojlarni va ularni amalga oshirish uchun cheklangan hajmda kup jihatdan etarli bulmagan imkoniyatlar urtasidagi qarama-qarshiliklardir. Extiyojlarning imkoniyatlarga mos kelmasligi raxbar bilan jamoada ishpaydigan kichik va urta rahbarlar urtasida ham qarama-qarshilikni keltirib chiqarishi mumkin. CHunki yosh, tashabbuskor, talabchan raxbar uzining juda kup istaklarini, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi, katta yoshli, kup yillik hayotiy tajribaga ega bulgan, uzini tevarak-atrofidagi odamlarga katta imko- niyatga ega raxbar qilib uxshatish, tenglashtirish istagida uzini kuchli, qurqmas va epchil qilib kursatishga harakat qiladi. Ana shunday «xohlayman», «kerak», «o‘zim bilaman» kabi shaxsiy tushunchalar ba’zan yosh raxbar bilan jamoa a’zolari urtasida qarama-qarshi, keskin vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Tajribali tadbirkor rahbarlarning fikr-mushohadalari, yosh, tajribasiz rahbarning tafakkuridan ancha farq qilib, uning mushohadalari bir qadar yuksak darajada umumlashganligi bilan ajralib turadi. Bu tur rahbarlar uz mulohazalariga etarli dalillar keltira oladi. Bulkusi tadbirkor, yosh, layoqatli rahbarlar shaxsining psixologiyasida uziga katta baho berish - eng muhim salbiy xarakter xususiyatlaridan biridir. SHu holatni ham eslatish zarurki, yosh razhbarlar uzlarining xulq-atvorlariga, voqealarga ortiq darajada emotsional holatda qaraydilar, uzining qadr-qimmati va qobiliyatiga bir-muncha ortiqcha baho berib yuboradilar.SHu tariqa uz-uzini anglash va ortiq darajadagi xissiy quzgaluvchanlikning davomli ta’sirda yosh raxbarlar uz qadr-qimmatining kamsitilishiga nisbatan haddan tashqari sezgir va juda kuchli ta’sirlanadigan qilib quyadi.Raxbar psixologiyasini atroflicha urganish uchun quyida mashhur olim Karl Yungning xarakter tipini aniqlash metodikasidan misol keltirdik. Ushbu savollarga javob variantlarining birini tanlash kerak.
1. Kaysi biri siz uchun muximroq? a) dustlarning kichik davrasi; b) kupchilik yptoqlap davrasi.
2. Kanday kitoblar sizga ko‘proq yoqadi? a) qiziq-syujetli; b) odamlar ruhiy kechinmalari aks ettirilgan.
3. Ishda nimaga kuproq yul quyishingiz mumkin? a) kechikish; b)xatoliklar
4. Agar yomon ish qilib quysangiz: a) kup qaygurasiz; b) unchalik qaygurmaysiz.
5. Odamlar bilan qanday chiqishasiz? a) juda tez va oson; b) sekin, ehtiyotkorlik bilan.
6. Uzingizni arazkash deb hisoblaysizmi? a) ha; b) yuq.
7. CHin dildan kulishga moyilmisiz? a) xa; b) yuq.
8. Siz qandaysiz? a) kamgap; b) sergap.
9. Siz ochiqmisiz yoki sirlaringizni birovlardan yashirasizmi? a) ochiqman; b) yashiraman.
1 0. Uz xis-kechinmalaringizni tahlil qilishni yoqtirasizmi? a) xa; b) yuq.
11. Kupchilik davrasida bulganda, Siz kupincha... a) tinmay gapirasiz; b) boshqalarni tinglaysiz.
12. Tez-tez uzingizdan norozi bulib turasizmi? a) xa; b) Yuq
13. Biror iimalarni tashkil qilishni yoqtirasizmi? a) xa; b) yuq.
14. Sirlaringiz yozilgan kundalik tutishni xoxlarmidingiz? a) xa; b) Yuq
15. Biror narsaning qaroridan uni bajarishga tez utasizmi? a) xa; b )yo‘q.
16. Kayfiyatingizni tez uzgartira olasizmi? a) xa; b) yuq.
17. Uzgalarni ishontirib, ularga uz fikringizni utkazishni yaxshi kurasizmi? a) xa; b) yuq.
18. Sizning harakatlaringiz... a) tez; b ) sekin.
19. Siz bulishi mumkin bulgan noxush xodisalardan tashvishlanasizmi? a) tez-tez;
b) ba’zan.
20. Qiyin holatlarda Siz...a) yordam surash ga shoshilasiz; b) hech ki mga muroj aat qi lm ays iz .
Endi javoblaringizni hisoblab chiqing. Kishilarni urganishga xos mazkur usulning kalit javobi quyidagicha:J avoblar ichidagi quyidagilar Sizdagi ekstroversiyani kursat a d i :
1-b, 2-a, 3-b, 5-a, 6 –b ,7-a, 8 -b , 9-a, 10-b, 11-a, 12-b, 13-a, 14-b, 15-a, 16-a, 17-a, 18-a, 19-b,20-a. Mos kelgan javoblar sonini 5 ga kupaytiring.
0-35 ballar - introversiya;
36-65 ballar - ambiversiya;
6 6 - 100 ballar - ekstraversiya.
SHunga uxshash tavsiyani urganish usullari kup bulib, ular yordamida raxbar uzini, yaqinlarini va jamoa a’zolarini urganib borishi maqsadga muvofiqirRaxbarlik mavqey sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Boshqarish bevosita jamoaga qaratilgan bo‘lib, uning psixologik natijasi o‘zlikka nisbatan xurmat, o‘zlikni anglash, qadrlash kabilarni vujudga keltiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə