Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə17/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Nazorat uchun savollar
1.Rahbar uslublari qaysilar?
2. Muloqotning interaktiv tomonining rahbar faoliyatidagi ahamiyati?
3. Boshqaruvda rahbar muloqoti?

7-Mavzu:BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI. KAR’ERA TURLARI VA BOSQICHLARI.
Reja:
1.Kompetensiya va kompitetntlik tushunchalari.Kompetensiyalarning aniqlanishi. 2.Boshqaruvchining tayanch kometensiyalari.Boshqaruvchiga xos bilimdonlik darajalari. 3.Zamonaviy rahbar qiyofasi.
4.Boshqaruv muloqoti.
5.SHaxsiy qadriyatlarni o‘zgarishi.
6.Rahbar malakalarining sustligi.
Tayanch tushunchalar: Kompitensiya, kompitentlik, zamonaviy rahbar, shaxsiy qadriyatlar
Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasigamuhim ahamiyat berilmoqda. Kompetensiya – hodimning kompaniya kutayotgandarajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga – tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot hodimlarining faolyatiga taaluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. SHuningdek, kompetensiya hodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jixatdan tengligi xusisida guvohlik beradi. XX asrning90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni qo‘yuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda bashqaruv hadimlarni kasbiy qayta tayyorlashda“tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch konpetensiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlashini, hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Tayanch kompetensiyalar qatorida fanda madaniy kompetensiya tushunchasi ham mavjud. Bu kompetensiya menejerning tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, har xil madaniy uzilishlarda muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. Madaniy kompetensiya tashkilot menejerining boshqaruv madaniyati malakalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Kompetensiyalarning aniqlanishi. Kompetensiyalar – (1) tashkilot miqyosida qabul qilingan standart xulq-atvor; (2) menejerning tashkilot miqyosida qabul qilingan standartlarga muvofiq ish ko‘ra olish qobiliyati.Kompetentlik (bilimdonlik) –(1) u yoki bu savolning javobidan xabardorlik; (2) ishda kerakli natijalarni qo‘lga kiritish yuzasidan zarur qarorlarni qabul qila olish qobiliyati.Kompetensiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmui bo‘lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo‘lida xodimning o‘z faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi muvaffaqiyatlarga erishiyotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetensiyalarning mavjudligi odatda, shaxs xulq-atvorini o‘lchovchi(indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi(yaxshi shakllangan xulqiy malakalar). Ko‘pincha kundalik muloqotda biz“kompetensiya” yoki“bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko‘proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida“kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o‘zgalar bilan til topisha bilish, o‘z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga etkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog‘lanadi.Psixologiya fanida, xususan, uning“Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgipaytlarda“ijtimoiy-psixologik kompetensiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko‘pqamrovliroqdir.Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari. G.Mirolyubova o‘zining“Menejerlar madaniy kompetensiyalarining rivojlanishi” (2005) debnomlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmasida boshqaruvchining tayanch kompetensiyalarixususida zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan qator fikr-mulohazalarini ta’kidlab o‘tadi. SHu bois ham, da’vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari xususida gap ketganda, mutaxassislar oldida boshqaruvchi shaxsiga xos quyidagi tayanch kompetensiyalarni aniqlash yoki o‘ragnish masalasi ko‘ndalang turadi:
(1) Professional kompetensiya – bu o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatinimukammal darajada yo‘lga qo‘yish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma’lumot, bilim hamda malakalarga ega bo‘lishlikdir.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə