Boshqaruv psixologiyasi


Boshqarish faoliyatida liderlik, lider - raxbar



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə15/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Boshqarish faoliyatida liderlik, lider - raxbar sotsial psixologik fenomeniga katta e’tibor beriladi. Liderlik fenomenini tahlil qilishdan oldin avtoritet tushunchasini ko‘rib. chiqish lozim. Avtoritet (lotincha - xokimiyat, ta’sir ko‘rsatish) - sotsial psixologiyada -odam, ijtimoiy guruh, jamoat tashkilotining boshqalarga ta’siri, boshqa odamlar nazaridagi mavqeini anglatadi. SHaxs, guruh yoki tashkilotning avtoriteti qonuniy, rasmiy yoki norasmiy, ularning norasmiy munosabatlar tizimidagi holatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda avtoritet sub’ektning ijtimoiy roliga bog‘liq bo‘ladi, ikkinchi holatda unga atrofdagi odamlarning munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan ana shu rol va munosabatlardan rasmiy va norasmiy liderlik tushunchasi kelib chiqadi. Lider - ahamiyatli vaziyatlarda qolgan ishtirokchilarning xulqiga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladigan guruh a’zosidir.B.D.Parigin lider bilan raxbar o‘rtasidagi quyidagi farqlarni aniqlagan:Raxbar rasmiy yul bilan tayinlanadi, lider norasmiy yul bilan ko‘tariladi.Raxbarga qonun tomonidan huquq va vakolatlar berilgan, lider bunday huquq va vakolatga ega emas.Raxbar guruh manfaatlarini guruhlararo munosabatlar tizimida namoyon qiladi, lider faoliyati guruhning ichki faoliyati bilan cheklangan.Raxbar guruh faoliyati uchun qonun oldida javob beradi, liderda bunday ma’suliyat yo‘q.Liderlik muammosi buyicha sotsial psixologiyada bir necha nazariyalar mavjud.Liderlik - kichik guruhdagi dinamik jarayonlarga taalluqli bo‘lib, guruhdagi bo‘ysunish va xukmronlik munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchadir. Liderlik ayni paytda ob’ektiv (konkret vaziyatda guruhning maqsad va vazifalari), sub’ektiv (guruh a’zolarinig individual tipologik xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlari) shuningdek liderning guruh faoliyatining tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida xarakatlari omillariga bog‘liqdir.Liderlik roli nazariyasiga ko‘ra (amerikalik tadqiqotchi R.Beylz) liderlik bu aloxida rolni qabul qilishdir. Ikkita bir biridan sezilarli farq qiladigan liderlik roli mavjud. Birinchisi - professional roli, bajarilayotgan ish yuzasidan lider tomonidan bildirilayotgan va paydo bo‘lgan muammoni xal qilishga mo‘ljallangan taklif va fikrlar. Ikkinchisi - «ijtimoiy - emotsional mutaxassis» roli, shaxslararo munosabatlardagi muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan liderlik.Guruh faoliyatining samaradorligi uchun xar ikkala liderlik shakly mavjud bo‘lishi kerak.Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra liderlikning asosiy determinanti noyob liderlik sifatlariga ega bo‘lishdir. Bu nazariyaga ko‘ra ayrim odamlar tug‘ma liderlik sifatlariga ega bo‘ladilar (shuning uchun ham bu nazariyaning yana bir nomi xarizmatik nazariya deb ataladi).Interaktiv nazariyaga binoan xar qanday guruhda liderlikni kim zimmasiga olishini bashorat qilish mumkin. Buning uchun guruh azolari xarakteristikasi, vujudga kelgan vaziyat, bajarilayotgan vazifa, shuningdek liderlikka nomzodning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganib, hisobga olish kerak.
Liderlik uslubi - lider yoki raxbar tomonidan unga buysunuvchi yoki unga qaram bo‘lgan odamlarga tahsir ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan usul va metodlar to‘plamidan iboratdir Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo‘lib u va shogirdlari tomonidan uchta uslub ajratilgan: avtoritar, demokratik va liberal uslublar.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə