Boshqaruv psixologiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə14/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Vaziyat nazariyasi tadqiqotchilari (M; Amerikalik tadqiqotchi F.Fidler) fikriga ko‘ra «Vazifaga mo‘ljal olgan» yoki «odamlarga mo‘ljal olgan» lider faoliyatining samaradorligi guruhdagi sharoitga bog‘liqdir. Liderlik funksiyasini amalga oshirish uchun o‘ta qulay va o‘ta noqulay sharoitlarda «vazifaga mo‘ljal olgan» lider katta natijalarga erishadi. O‘rtacha qulay vaziyatlarda esa «odamlarga mo‘ljal olgan» lider ustunlik qiladi.Sintetik yoki kompleks nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha liderlik bu shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish jarayonidir, lider esa bu jarayonni boshqarish subektidir. Liderlik - guruh funksiyasidir, uni guruh maksadlari va vazifalarini hisobga olgan holda o‘rganish kerak. Sintetik model liderlik jarayonining uchta asosiy qismiga etiborni qaratadi; lider, ergashuvchilar va vaziyatidir.

6-Mavzu:RAHBARLIK USLUBLARI
Boshqaruv uslublari:avtoritar, demokratik, liberal. Jamoadagi o‘rni, o‘zini baholashi.Tanqidiy fikrlarga munosabati, korxona iqtisodiy samarasidagi ulushi va ta’siri.An’anaviy yondashuv. Zamonaviy yondashuvlar.Vaziyatga oid rahbarlik uslubi.Boshqaruv motritsasi.
Raxbarlik mavqey sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Boshqarish bevosita jamoaga qaratilgan bo‘lib, uning psixologik natijasi o‘zlikka nisbatan xurmat, o‘zlikni anglash, qadrlash kabilarni vujudga keltiradi.Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida xayotda sof demokratik yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo‘ldi. SHuning uchun ham ular vaziyatga bog‘liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti xarakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi degan g‘oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o‘ziga xos ijobiy tomoni bor. Moxir rahbar o‘zini-o‘zi tarbiyalar ekan, o‘shalarning eng ma’quli, ayniqsa, o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Har bir lider yoki boshliq o‘zicha individual va kaytarilmasdir. Buning boisi xar bir boshlik o‘z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o‘ziga xos tarzda tashkil etishidadir.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə