Boshqaruv psixologiyasi


LIDERLIKKA OID NAZARIYALAR



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə12/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

LIDERLIKKA OID NAZARIYALAR.
Mark Grigorni X va Y nazariyalari.Ouchini Z nazariyasi.Superlider fenomeni. Liderlik piramidasi. Liderlik sintetik nazariyasi.Vaziyatga bog‘liqlik nazariyasi.
4.Boshqaruv uslublari:avtoritar, demokratik, liberal. Jamoadagi o‘rni, o‘zini baholashi.Tanqidiy fikrlarga munosabati, korxona iqtisodiy samarasidagi ulushi va ta’siri.An’anaviy yondashuv. Zamonaviy yondashuvlar.Vaziyatga oid rahbarlik uslubi.Boshqaruv motritsasi
Tayanch tushunchalar: boshqaruv uslublari, zamonaviy yondashuvlar, avtaritar, liberal, demakratik uslublar
Lider asosan, shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U xech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi, jamoa a’zolarini u yoki bu xarakatlarga chorlaydi. CHunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va xokazolarini xammadan xam yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari xam aloxida o‘rganilgan. raxbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, raxbar liderda yo‘q bo‘lgan rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda o‘z xodimlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Raxbar guruxda u yoki bu qarorlar va ko‘rsatmalarni o‘z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko‘plab rasmiy ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo‘ladi.Boshqaruvdagi o‘zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo‘lab, gurux a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «boshliq» tushunchalari o‘rtasidagi farqlar xaqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
1. Lider guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, raxbar shu guruxdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
2. Liderlik kichik guruxlardagina xos bo‘lgan xodisa bo‘lsa, raxbarlikning xaq-xuquqlari katta guruxlar doirasida xam sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkni;
3. Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, raxbarlik maqsadga karatilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo‘ladigan xodisadir;
4. Liderlik raxbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo‘lib, gurux a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro‘y beradi;
5. Raxbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda o‘z xodimlariga ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Bu psixologik ta’sir shundayki, biron - bir manfaatni ko‘zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko‘tarinki rux bilan rag‘batlantirib mukofatlab tursa, o‘sha erda xodimlar o‘zlari bilmagan xolda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishada;
6. Lider guruxda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar, tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Raxbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab rasmiy ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, raxbar- bular doirasidan chiqib ketishi kiyin.
Ko‘p xollarda raxbar lider uslubini qo‘llasa, bu jamiyat tamonidan «o‘zboshimchalik», «qonunga bo‘ysunmaslik» deb qoralanadi.
7. Liderning faoliyati faqat kichik guruxlar doirasida amalga oshiriladi, raxbar shu guruxdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jam
iyatdagi vakil bo‘lgani uchun vakolatlari xam keng, faoliyat imkoniyatlari xam ortiqdir.Liderlik xodisasi to‘g‘risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida xam qisqacha to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Xozirgi kunga qadar liderlik to‘g‘risida asosan, uchta nazariya mavjud.Birinchisi, «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir. Uning moxiyati shuki, xamma xam lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig‘indisi tug‘ma mavjud bo‘lib, bu sifatlar ular uni guruxda lider bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi. Bu ro‘yxatda liderlik qirralari, jumladan, tashabbuskorlik, mulokotga kirisha olishlik, yumor xissi, o‘ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo‘ladi - yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmaydi, ikkinchidan, so‘rovlar mobaynida bitta sifat xam mutloq ko‘p marta qayt etilmadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, liderlik murakkab psixologik xodisa. Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog‘liqligi nazariyasidir. Bu erda asosiy g‘oya - lider vaziyatning maxsuli degan g‘oyadir. Xar. bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar, ayrim shaxslarning o‘zlarini ko‘rsatishlari, lider bo‘lishlari uchun qulay xisoblanadi.YUqoridagi ilk nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchunchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruxiy munosabatlarning bevosita maxsuli deb qaraldi. Liderning ro‘yobga chiqishida guruxning birlamchi rolini ilgari suradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə