Boshqaruv psixologiyasi


Sharq mutafakkirlarining boshqaruvchilik faoliyatiga oid ijtimoiy psixologik qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə3/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Sharq mutafakkirlarining boshqaruvchilik faoliyatiga oid ijtimoiy psixologik qarashlari.
Rahbar shaxsni o‘rganish muommosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muhum masala bo‘lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi ijtimoiy munosabatlar o‘ziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jihatidan kimningdir yuqori darajada turishini taqoza etgan bo‘lsa, ikkinchidan,insonlarning hayot kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi,baxtli turmush kechirish shu yuqori mavqeydagi shaxsga, uning turli fazelatlari va xislatlariga bog‘iq bo‘lganligidir.Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida,xalq ijodi maxsullarida adolatli va adolatsiz munasabatlarningyuzaga kelishi rahbar shaxsi, ya’ni shohga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘qiymiz.Abu Nasr Forobiyning“Fozil odamlar shahri” asarida aholining ma’naviy va psixologik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar shahrida shahar aholisining stratometrik xususiyatlarga ko‘ra tabaqalanishi lozimligi o‘qtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o‘zlarini boshqarishlarida jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarilishiga olib kelishi lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o‘zida har bir a’zo o‘z psixologik-ma’naviy kamolatini usul hamda yo‘nalishiga ko‘ra yakkahol tarzda namayyon bo‘ladi. “SHularning hammasini ikki yo‘l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud bo‘lsa,inson qalbiga, ko‘ngliga o‘shanday o‘rnashib qolsa boshqalarning ko‘nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi. Bazi odamlar o‘sha narsalarni o‘zlari xis etishlari tufayli ko‘ngillarida shu bilimlar vujudga keladi”.Forobiy bu fikrni davom ettirib: “Ikkinchidan,ushbu sifatlarga ega bo‘lmagan odamlar birikmasi esa, jaholatdagi va adashgan shaxslarning aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlar, g‘azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shaxar aholisi doimo bir-birlarigaqarshi kurashib bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng kuchlilari boshqalarga nisbatan mukammalroq tuzulgan bo‘ladi. G‘olib kelganlar ham bir-birlarini yo‘qotishga urinadilar, go‘yo boshqa mavjudotlar nomukammalday,yoxutboshqalar ularga faqat qulday xizmat qilish uchun yaratilganday, barchasi bir-birini ezib izlatishga intilishadi Forobiy shuningdek, insonlarning yaxshi hayot kechirishi boshqaruvchi, ya’ni rahbar shaxsiga bog‘liq ekanligi,uning turli fazilatlari bu borada unga yordam berishini o‘qtiradi. Uning fikricha, bu o‘rinda rahbar shaxsi uchun gumanistik,insonparvarlik xususiyatlari muhumdir. “Kimki burovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo‘lgan ish harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo‘lmasa va bu ish harakatini bajara olishga qudratsiz bo‘lsa bunday odam sira ham rahbar bo‘la olmaydi. Ular yo‘l-yo‘riqlarni o‘tmishda yashab o‘tgan boshliqlardan o‘rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o‘tmishdagi rasm-rusm, yo‘l-yo‘riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqazosiga qarab o‘zgartiradi.SHuningdek, yomon odatlarni o‘zida ifodalovchi o‘tmishni ham o‘zgartirmog‘i kerak. Aks holda o‘tmishning talablariga roiya etib,uning kayfiyati saqlansa, turmushida hech qanday engillik, o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi”.Forobiyning bu fikrlaridan ko‘rinadiki, rahbar shaxsi birinchi navbatdao‘zini yomon odatlardan ozod qila olishi, boshqalarni yaxshi ishlarga ruhlantira olishi kerak ekan. Bu fikrlarning bugungi kunimiz uchun ham ahamiyati pasaymaganligini kuzatish mumkin.O‘rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan biri bo‘lmish Abu Rayhon Beruniy ham boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida o‘zining bir qator fikr-mulohazalarini bayon etgan. U har bir kishiga baho berish uchun, uning qilgan ishini kuzatish mumkinligini ta’kitlaydi:“Har birodamning bahosi o‘z ishini ajoyib bajarishidadir”.Beruniy o‘zinig“Hindiston” asarida ushbu g‘oyani ilgari suradi:“Tabiati jihotidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo‘lishga fazilat va kuchi bilan haqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni o‘zidan keyingilarga qoldirib, ularning o‘z ota-bobolariga qarshi bo‘lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan har bir buyruq, buyrulgan kishi oldida turg‘un tog‘lar singari mahkam bo‘lib, u buyruqqa ko‘p vaqtlar va uzoq zamonlar o‘tsada,keyingilar ham bo‘y sinadilar”. Uning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo‘lgan hokim o‘z fikri va qarashlarida qatiy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalgaoshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg‘or mulohazalarga bo‘ysinishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o‘rnatishdan iboratdir.Hokimning muhum vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g‘amxurlik qilishdir. Demak, Beruniy insonparvarlik g‘oyalari bilan boshqaruv va rahbarlik psixologiyasi ta’limotlari rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladi. U insonlar orasida o‘zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrlar hamisha ham qadirlidir.XI asrning yirik allomalaridan YUsuf Xos Xojib o‘zining“Qutadg‘u bilig”,ya’ni“Saodatga boshlovchi bilim” asarida boshqaruvchi shaxsi, ya’ni podsho xalq bilan birga va adolatli bo‘lishi lozimligi g‘oyasi ilgari suriladi. Uning o‘g‘it va nasihatlari hokimlarga qaratilgan bo‘lib, boshqaruvchi rahbar tevaragida tabiatan yaxshi niyatli, yuksak axloq sohibi bo‘lgan kishilar bo‘lgandagina, u to‘g‘ri ishlar qilishi, to‘g‘ri farmonlar chiqarishi mumkin, shundagina mamlakat farovon bo‘lib ravnaq topadi.YUsuf Xos Xojibning fikrcha:“Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin,u bari- bir kamtar bo‘lib qolishi lozim”.Buyuk sarkarda, sohibqiron Amur Temur ham katta bir saltanatning asoschisi,rahbar siftida boshqarish va rahbarlik munosabatlariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o‘z davrining ijtimoiy voqeyligiga xos bo‘lgan stratumetrik tuzilma hamdir. U o‘z tuzuklarida12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab beradi:(1) sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar;(2) ishbilarmon, donishmand odamlar; (3) xudojo‘y, tarki dunyo qilgan kishilar; (4) ayonlar, amirlar, mimgboshilar; (5) sipoh va raiyat; (6) maxsus ishochli kishilar;(7) vazirlar, sarkotiblar;(8) hokimlar, tabiblar;(9) tavsir va hadis olimlari;(10)ahlihunar va san’atchilar;(11) so‘fiylar;(12)savdogar va sayyohlar.Amur Temur fikricha, bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, xazina vaaskarlar hal qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqagina ijtimoiy voqiylikka nisbatan bo‘lgan munosabatlari va xulq-atvorlari tashkil etadi.Ishtimoiy hayotni boshqarishda bunday ishtimoiy-psixologik yondashuv Amur Temur uchun o‘z davrida katta bir saltanatga asos solish imkonini berganedi.Amur Temur davlatni boshqarish vositalari haqida to‘xtalib shunday yozadi:“Saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilish lozim:(1) kengash;(2) mashvaratumaslahat;(3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik;(4) ehtiyotkorlik”. Uning fikricha:“Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi qat’iy tadbirkor vaxushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”.Bundan tashqari, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini tanlash, ulardan hukumatni boshqarish ishlarida uni nafaqat sinab ko‘rish lozimligi, balki rahbarning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy yo‘nalganligi, e’tiqodi, ehtiyoji, motive, kabilarniinobatga olish, bu rahbarlarni rag‘batlantirish yuqori lavozimlarga ko‘tarish yoki jazolash usullaridan foydalanish maqsadga muofiq ekanligi ham Amur Temur tuziklarida bayon etib berilgandir.Ko‘rinib turibdiki, bundan650-700 yil avval davlatni boshqarish va rahbarlik tamoyillariga oid g‘oyalar nihoyatda progressiv bo‘lgandir. CHunki bu tamoyillar hozirgi zamon demokratik huquqiy davrlar xarakteriga mos keladi. Bu donishmandlarimizning rahbarlik uchun zarur bo‘lgan fazilatlar, davlatni idora etish uslubi va rahbarlik odobiga doir fikrlari ulkan ahamiyatga ega.O‘rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, sharq mutaffakkirlari qarashlarini boy etgan holda, mazkur mavzu doirasida xalqimizning juda ko‘plab atoqli shoir va davlat arboblari ham o‘z fikrlarni bildirib ketganliklari tarixda ma’lum. Ularning ayrimlari haqida qisma to‘xtalamiz. Davlat arbobi bo‘lgan, klassik namoyonda Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar majmui Iskandar obrazi orqali bayon etilgan:“Dili, niyati pok, xayr va soadatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podsho va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi rahbar bo‘lishi kerak.Podsho bo‘lishda manman, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, o‘zgalarni pisand qilmaslik, avom xalq bilan birga bo‘lolmaslik xislatlari nuqsondir”.Ma’rifatparvar shaxs Ahmad Donish fikriga ko‘ra, agar boshqaruvchi odil va donishmand bo‘lsa, xalqni qashshoqlikdan saqlab qolish mumkin. Davlat bir guruh kishilargina emas, balki xalq manfaatlariga hizmat qilishi zarur. Bu uchun esa hukmdor shaxsi bilimdon, odil, donishmand bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatni idora etishda hukmdor nafaqat o‘z fikriga suyanishi, balki muhum davlat arboblari bilan maslahatlashib ish yuritishi lozim ekanligi ta’kidlanadi.CHunki ko‘pchilikning aqli bir kishining aqliga qaraganda ko‘proqdir. Uning fikricha, mamlakatni shunday kishilar boshqarganda jamiyatda tartib va intizom o‘rnatiladi. Abdulla Avloniyning“Turkiy guliston yoxud axloqqa oid” asarida:“Har qanday nisbatan katta miqiyosidagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikdagi qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma’lum darajada muxtojdir, bu idora qiluvchi shaxsiy ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmini mustaqil organlari harakatidan kelib chiqadigan vazefalarni bajaradi”, degan fikrlari keltirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida“yakkabosh rahbar”ning bo‘lishi ekanligidan dalolat beradi. Busiz boshqaruv to‘g‘ri va to‘liq bo‘lmaydi. To‘g‘ri rahbarlik qilish uchun oldindan ko‘ra bilish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarish va qiyinchiliklarni oldindan payqash va nazarga olish zarur. Har bir boshqarish vosetasi faoliyatida muayyan tizimning bo‘lishi shart.Buning ma’nosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo‘lmagan tadbirlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, balki aniq sharoitni, vaziyat xususiyatini hamda jamoa oldidagi, shuningdek, uning ayrim bo‘g‘inlar oldida turgan vazifalarning xususiyatlarni qat’iy suratda tartibga solgan, bir-biri bilan bog‘langan va chuqur o‘ylab ko‘rilgan reja va tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lishi kerakligi ta’kitlangan.YUqorida keltirilgan adabiyotlar taxlilidan ko‘rinadiki, bizning hududimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar, davlat arboblari, namoyandalar asarlari va qarashlari boshqarish, rahbarlik muommalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ijtimoiy voqiylikka nisbatan ijtimoiy-psixologik yondashish, insonparvarlik g‘oyalari ustivor etib olingandir. fanida kuyidagi tadkikot metodlarining tasnifidan foydalaniladi. Tadkikiy metodlar (usullar)-bu boshqaruvning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari xakidagi yangi ob’ektiv bilimlar olishga yunaltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir. Sub’ektiv yangi bilimlar (dalillar, baxolar, kursatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslaxat, korreksiya uchun muxim) omillarga karatilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik usulublar deb ataladi

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə