Boshqaruv xisobining dolzarbligi Boshqaruv hisobi ob’yektlari. Boshqaruv hisobining metodi



Yüklə 57,34 Kb.
səhifə10/11
tarix03.03.2023
ölçüsü57,34 Kb.
#101872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshqaruv xisobining dolzarbligi

Davriylik tamoyili boshqaruv hisobi tizimi tuzilishida zarur komponent bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tijorat sikllarini ifoda etadi. Rahbarlar uchun ma’lumotlar maqbul paytda – oldin ham emas, keyin ham emas, ya’ni zarur bo‘lgan vaqtda va davriy tarzda berib borilishi kerak. Vaqtning qisqarishi boshqaruv hisobi tomonidan tayyorlangan ma’lumotning aniqligini kamaytiradi. Odatda, boshqaruv apparati birlamchi ma’lumotlarning yig‘ilishi, ularning qayta ishlanishi va yakuniy ma’lumotda guruhlanishi grafigini belgilab beradi.
Xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet (smeta) usulini qo‘llash tamoyili alohida ahamiyatga kasb etadi. U yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejalashtirish, nazorat qilish va tartibga solish quroli sifatida foydalaniladi. Byudjet sikli bo‘linmalar, barcha faoliyat turlarini rejalashtirish jarayonidan; jamoaning barcha loyihaviy qarorlarining yig‘indisidan; byudjet loyihasi hisob-kitobidan; rejani hisoblash variantlari va ulardagi o‘zgarishlardan; yakuniy rejalashtirish hamda sharoitning o‘zgarishi va rejadan og‘ishlar hisobidan tashkil topadi.
Byudjet ishlab chiqarish, savdo, taqsimlash va moliyalashtirishni o‘zida mujassam etadi. Byudjetda xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha ishlab chiqarish va uning bo‘linmalari xarajatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari va uning bo‘linmalari daromadlari, foyda ko‘rsatkichlari o‘z aksini topadi.
Byudjetlashtirish, xarajatlar smetalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar alohida boblarda beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati





  1. «Ўзбекистон Республикасида тадбиркорлик тўғрисида»ги Қонун. – Т., 15.02. 1991.

  2. Ўзбекистон Республикасининг “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Қонуни – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 2000 йил, 5-6 – сон.

  3. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари /И.А.Каримов. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 176 б.


  4. Yüklə 57,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə