- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi;
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;
- rivojlanishning beqarorligi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayish holatlarining mavjudligi.
SHuningdek, 2008 yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi1.
Dostları ilə paylaş: |