Bozor iqtisodiyotining tartiblanishi



Yüklə 6,63 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü6,63 Kb.
#154539
Bozor iqtisodiyotining tartiblanishi

Bozor iqtisodiyotining tartiblanishi

Reja:

    • Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
    • “Bozor” va “Bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi.
    • Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.
    • Bozor infratuzilmasi tarkibi.

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


Uy xo`jaligi – iqtisodiyotning sohasini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarini yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi ham hisoblanadi
Korxona yoki tadbirkorlik sektori – iqtisodiy resurslarning istemolchi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va Tovar(xizmat)larming asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi
Davlat – iqtisodiy resurslar va tovarlar iste`molchisi hamda ijtimoiy iste`mol xarakteridagi ne`matlar bilan ta`minlovchi hisoblanadi
Bozor xo`jaligi subyektlari
Bozor iqtisodiyoti – bu xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

  • Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining tabiati taqozo qiladigan, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg`unlashtirishga qaratilgan iqtisodiy dastak hamda vositalardir.
  • Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari

“Bozor” va “Bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi

  • Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
  • Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi.
  • Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi.
  • Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.

Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z yechimiga ham ega.

Bular quyidagilar:

  • Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi.
  • Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
  • Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.
  • Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi.
  • Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.

Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:

  • Resurslarni taqsimlashning samaradorligi;
  • Erkinlik;
  • Harakatchanlik;

Bozor infratuzilmasi tarkibi.

  • Bozor infratuzilmasi– bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo‘jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi.

Bozor infratuzilmasi tarkibi

  • Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdosotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 6,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə