Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi reja: Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi. Buddaviylik ta’limoti


Buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitaka



Yüklə 4,01 Mb.
səhifə3/13
tarix17.05.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#110894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12-mavzu

Buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitaka
Buddaviylik O‘zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o‘rnashdi. Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog‘laydilar. Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Milodning birinchi asrida Amudaryo havzasi bo‘ylarida buddaviylik hukmron din sanalgan va bu erda arablar kelishiga qadar boshqa joylardagiga nisbatan uzoqroq vaqt saqlanib turgan.
Kushon podshohi Kanishka buddaviylik diniga e’tiqod qilgan. U zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Xitoylik Syuan-Szyan bergan xabariga ko‘ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddaviylik monastirlari (sangarama) va mingta rohib bo‘lgan.
Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi
1962 yilda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepada buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari, dafn qilish joyi – naus topilgan. Shahar hududida kulol, hunarmand va boy zodagon uylarining qoldiqlari, shuningdek, mashhur oltin dafina va fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.
Markaziy Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalib yaxshi saqlangan Budda tasviri, ko‘plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan, ular II asr oxiri III asr boshidagi buddaviylik ibodatxonasining markaziy binolari ichida saqlangan.
Boshqa binolarda katta miqdorda haykalchalar bo‘laklari, taqinchoqlar topilib, ularning ko‘pchiligiga oltin suvi yuritilgan. Budda tasvirlangan rasm parchalari, ko‘plab sopol idishlar, jumladan: devorlarida qadimgi yunon, hind yozuvidagi braxma bitiklari saqlangan ko‘za qoldiqlari,chiroqlari topilgan.

Tripitaka uch qismdan iborat


Budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka
Buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilgan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitaka
Rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə