Budjet hisobi


Budjet hisobini yuritishdan maqsad



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Budjet hisobini yuritishdan maqsad
foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni 
bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan 
iborat. 
Budjet hisobining predmeti
bu budjet ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni 
manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Budjet hisobi 
Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari 
jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi 
va budjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni 
shakllanishini ta’minlaydi. 
Budjet hisobining 
uslubiy asoslarini
budjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul 
qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (3-chizma).
1-chizma. Budjet hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari tizimi 
Davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik
qilish vakolati 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. 
1.Budjet hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy 
xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari) 
2.Budjet hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo’riqnomalar, 
nizomlar) 
3.Budjet xisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar 
(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari)
4.Budjet hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar



O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet hisobi bo’yicha quyidagilarni 
amalga oshiradi: 
- davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi; 
- budjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va 
vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; 
- respublika budjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi. 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə