Budjet hisobi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#146032
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi (3)

- Jadval Budjetdan tashqari pul mablag’lari xarakatiga oid buxgalteriya o’tkazmalari*



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt




1

2

3

1

Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota-onalari tomonidan badallarni
kelib tushishi

110

156

2


Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota-onalaridan badal shaklida tushgan mablag’lar hisobiga sotib olingan materiallar, ish va hizmatlar uchun
to’lov o’tkazib berilganda

150, 159



110


3

Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shaklidan

111

175




mablag’lar tushumiga







4

O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar hisobiga kreditorlik majburiyatlar to’lab berilganda

15,16,17
schyotlar ning tegishli subschyo
t-lari

111

5

O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan ortiqcha tushgan mablag’lar
qaytarilganda

175

111




1

2

3




Byudjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar)ni
sotishdan mablag’ kelib tushganda

112

152

7

Homiylik mablag’lari tushumi aks ettirilganda

112

262

8

Yil yakuninga ko’ra byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan
mablag’lar rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilganda

112

232

9

Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari kreditorlik qarzdorliklarni tugatishga yo’naltirilganda

15,16,17
schyotlar
-ning tegishli subschyo
t- lari

112

10


Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va
eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar summasiga

113


152


11

Ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga kreditorlik qarzlar to’lab berilganda



15,16,17
schyotlar ning tegishli subschyo
t-lari

113

12

Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar summalariga

114

155

13

Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar qaytarilganda
yoki o’tkazib berilganda

155

114

14

Byudjet mablag’lari hisobiga xorijiy valyutani sotib olinishi

115

232

15

Byudjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha ijobiy
kurs tafovuti aks ettirilganda

115

232




Byudjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha salbiy
kurs tafovuti aks ettirilganda

231

115




Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag’lari bo’yicha salbiy kurs
tafovuti aks ettirilganda

261

115




Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari
xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar

119

163




Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari
xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar tashkilot kassasiga tarqatish uchun olinganda

120


119


*Muallif tomonidan adabiyotlardan foydalangan xolda tuzilgan
Hisobvaraqlardagi pul mablag’lari xarakatiga oid rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar, yig’ma xujjatlar hamda hisob registrlari asosida shakllantirilgan axborotlar tegishli moliyaviy hisobot shakllarida aks ettiriladi.
    1. Kassadagi pul mablag’lari hisobi hisobi.


Budjet tashkilotida kassa muomalalari hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 22 iyundagi 565-6-sonli qarori bilan yangi tahrirdagi tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Budjet tashkilotida namunaviy shatlar jadvaliga muvofiq kassir lavozimi kiritiladi va ushbu lavozimga xodim ishga olinganda material javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaga muvofiq kassir lavozimiga tayinlangan shaxs kassadagi pul mablag’lari, pul xujjatlari va qabul qilib olgan mulkiy qiymatliklarni but saqlanishiga javobgar bo’ladi. Kassir lavozimiga tayinlangan xodimga bosh hisobchi tomonidan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» tanishtiriladi va tanishganligi haqida tilhat olinadi.


Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo’yicha jihozlanishi kerak.
Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi.
Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag’larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar (arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar
ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan holda “To’langan” shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish haqini berish to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi.
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan ikki nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan bo’lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo’lib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.
Kassa daftarida o’chirishlar va ta’kidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar tashkilot kassiri, shuningdek, bosh hisobchining yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat bo’yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko’chirma nusxasini) topshiradi.
Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida kassa operatsiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son
memorial order bo’yicha oylik aylanmalarning umumiy summasidan byudjetdagi (byudjetdan tashqari) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar chiqarib tashlanadi.

Kassa kirim order
KO-1–son shakl




Kassa chiqim order
KO-2–son shakl


381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order)





h jurnal kitobi 308-son shakl





Hisobot shakllari



2.2.1-rasm. Kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning sxematik ko’rinishi3

Kassa daftarini to’g’ri yuritilishi ustidan nazorat qilish tashkilot bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.


Ko’plab bo’linmalarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni to’lashga kassirlardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug’i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilishi shart.
Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftari yuritiladi.



3 Mehmonov S. Budjet hisobi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2012 y.
Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo’lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o’rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish bo’yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi.
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi.

      1. - Jadval




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə