Budjet hisobi


I-BOB. BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBINI TASHKIL ETISHINING NAZARIY - USLUBIY ASOSLARI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#146032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi (3)

I-BOB. BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBINI TASHKIL ETISHINING NAZARIY - USLUBIY ASOSLARI


1.1.

Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil qilishning
maqsadi vazifalari hamda xususiyatlari

Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari, pul hujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari, moliyaviy qo’yilmalar (vaqtincha depozitga qo’yilgan pul mablag’lari) kiradi. Byudjet tashkilotlari pul mablag’lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida byudjet tashkilotlari uchun shahsiy hisobvaraqlar ochilib yuritilar edi. 2011 yildan boshlab budjet tashkilotlari pul mablag’lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shahsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi va G’aznachilik va ularning xududiy bo’linmalarida ko’rinadi.
Budjet tashkilotlarida pul mablag’lari hisobi budjet (budjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va budjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg’armasi, boshqa mahsus mablag’lar, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo’yicha yuritiladi. Budjet tashkilotlari Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tishi munosabati bilan hizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan byudjet, byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha hisob schyotlari yopilib G’aznachilik va uning hududiy bo’limlaridagi ochilgan shahsiy hisobvaraqlarga o’tkazildi. Natijada G’aznachilik va uning xududiy bo’limlari tomonidan byudjet tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro’yhatga olinib yagona g’azna hisob raqamidan to’lab berilmoqda.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə