Budjet hisobi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#146032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi (3)

Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlaridir.
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar etkazib beruvchilar oldidagi etkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to’lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to’lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to’lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda byudjetdan mablag’ oluvchilarni mol etkazib beruvchi yoki to’lovni qabul qiluvchiga mablag’larning o’tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlardir. Bu shuni anglatadiki byudjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish g’aznachilik bo’limlari tomonidan amalga
oshirilmoqda.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishdan maqsad belgilangan tartibda moliyaviy aktivlarga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantrib berishdan iboratdir.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi2:

  1. Budjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar talablari bo’yicha tashkil etish;

  2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma xujjatlari, hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish;

  3. Budjet va byudjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash;

  4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirish;

  5. Tashkilot kassasida, shahsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligini nazorat qilish;

  6. Chet el valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi






2 S.Mehmonov budjet hisobi. – Fan va texnologiya nashriyoti 2012 yil. 191 bet
markaziy banki tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo’yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirib borish;

  1. Byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag’lari mavjudligi xolati va xarakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar.

Tashkilotlar pul mablag’lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag’larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag’lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada - so’mda, chet el valyutasini operatsiya amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko’chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan sanadagi) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarida naqt pulsiz hisob shakllarini qo’llagan xolda hisoblashuv muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to’lov topshiriqnomasi shakli qo’llaniladi. To’lov topshiriqnomasida to’lovchi bo’lib, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlari nomi ko’rsatiladi. Byudjet tashkilotlari nomi, shahsiy hisobvarag’i nomeri, STIR to’lov topshiriqnomasida alohida qatorda keltiriladi.
Budjet tashkilotlarida naqt pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa hizmati tashkil etiladi. Kassa muomalalari bo’yicha kassa daftari milliy valyutadagi hamda xorijiy valyutadagi pul mablag’lari hisobi bo’yicha alohida ochiladi
Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:

  1. “Hisobvaraqlardagi byudjet mablag’lari”;

  2. “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar”; 12 “Kassa”;

13 “Boshqa pul mablag’lari”; 14 Moliyaviy qo’yilmalar”.
Yuqoridagilarni umumiy qilib aytish mumkinki byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini xususiyatlari quyidagilardan iborat

    • Budjet tashkilotlari pul mablag’lari yagona g’azna hisob raqamlari orqali alohida ochilgan shaxsiy xisobvaraqlarda yuritilishi;

    • Budjet tashkilotlari tomonidan hisoblashuvlarni amalga oshirishda yuridik va moliyaviy majburiyatlar g’aznachilik organlari tomonidan ro’yxatga olinishi va to’lab berilishi;

    • Budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan hisoblashuv muomalalarini amalga oshirishda g’aznachilik organlarida naqt pulsiz hisoblashuvlarda faqat to’lov topshiriqnomasi shakli qo’llanilishi;

    • Hisobda byudjet pul mablag’lari, byudjetdan tashqari pul mablag’lari alohida yuritilishi;

    • Budjet tashkilotlari kassasida naqt pul mablag’i bo’yicha limit belgilanmasligi va boshqalar.

Xulosa qilib aytish mumkinki byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi alohida hisob ob’ekti sifatida tashkil etiladi.




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə