«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə21/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

Buxgalteriya balansi – korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.

Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat. Balans aktivida korxona sarmoyasining tarkibi va joylashtirilishi, passivda esa – aktivlarni tashkil topish manbalari, ya’ni o’z sarmoyasi va majburiyatlar, boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarning vaqtincha jalb qilingan mablag’lari ko’rsatiladi. Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddaloari deb ataladi. Har bir modda xo’jalik mablag’ini yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.

Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:


  • Korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;

  • Korxona tasarrufidagi o’z sarmoyasi;

  • Keyinchalik belgilanishi bo’yicha qaytarilishi lozim bo’lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.

Buxgalteriya balansida korxona aktivlari ikki guruhda: uzoq muddatli va aylanma aktivlarda aks ettiriladi.

Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, sotib olingan aksiyalar va zayomlar kiritiladi. Korxonaning ishlashi bilan bu vositalar o’z qiymatini o’zgartirmaydi. Masalan. Asosiy vositalar qiymati qisqa vaqt bo’lagi mobaynida miqdoran jiddiy o’zgarmaydi va u faqat ularning ishlash muddati tugashiga ko’ra qoplanadi.

Joriy aktivlar, odatda, naqd mablag’larni, iste’molchilar hisobraqamlarini va naqd mablag’lar shaklini egallashi lozim bo’lgan zahiralarni o’z ichiga oladi. Joriy xo’jalik davri mobaynida bu aktivlar doimo o’zgarishi mumkin. Naqd mablag’larga aylantirilishi oson bo’lgan joriy aktivlar oson realizatsiya qilinadigan aktivlarga kiritiladi.

Korxona balansi aktivlarini o’rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin:



  • Balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo’lgan;

  • Ular qanday joylashtirilgan;

  • Ularning xo’jalik faoliyatidagi roli qanday .

Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:

  • Mablag’lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;

  • Mablag’lar kimga tegishli ekanligi ( o’ziniki yoki jalb qilingan);

  • Mablag’larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.

Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat:

  • O’z mablag’lari manbai;

  • Majburiyatlar.

O’z mablag’lari manbai qatoriga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar) va boshqa satrlar kiritiladi.

Balans passivining majburiyatlar bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha majburiyatlar ko’rsatiladi.

Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo’lgan xo’jaloik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutilgan.

Хo’jalik mablag’lari va uning manbalari xo’jalik jarayonida doimo harakatda bo’ladi. Sodir bo’layotgan jarayonlarning har birini o’z vaqtida hisobga olib borish zarurdir. Chunki har kuni korxonada ko’plab xo’jalik muomalalari amalga oshiriladi, bularning ta’sirida xo’jalik mablag’larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish oqibat natijada buxgalteriya balansining o’zgarishiga sabab bo’ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonidan xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Lekin balansning tengligi saqlanib qolinadi. Bu mablag’lar holatini balans usuli bilan umumlashtirishning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Хo’jalik muomalalari natijasida balansda quyidagi uzgarishlar bo’lishi mumkin:


  1. Aktiv tomonda ko’payish, aktiv tomonda kamayish.

  2. Passiv tomonda ko’payish, passiv tomonda kamayish.

  3. Aktiv tomonda ko’payish, passiv tomonda ko’payish.

  4. Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.

Balansda ro’y beradigan o’zgarishlar aktiv va passiv qismlarning tengligini saqlaydi. Chunki, har bir xo’jalik muomalasi ikki yoqlama yozuv asosida – bir hisobvaraqning debetida, ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə