«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə20/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

Mulkchilik shakliga ko’ra davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi.

Aks ettirish ob’ektiga ko’ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.

Mustaqil balansni yuridik shaxs bo’lgan korxonalar tuzadi.

Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo’linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo’jaliklari) tuzadi.

Тozalash usuliga ko’ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo’linadi.

Brutto balans – tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini (tannarx yoki qoldiq qiymatini) aniqlashda summalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibga soluvchi moddalar deyiladi. Masalan, «Asosiy vositalar» summasidan «Asosiy vositalarning eskirishi» tartibga soluvchi moddasi summasi chegiriladi. Brutto-balansda ana shu tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuniy qiymatiga kiritiladi.

Netto-balans – qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo’lib, bunga tozalash deyiladi. O’zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi, ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo’yicha kiritiladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə