Buxgalteriya balansini aniqlash



Yüklə 80,15 Kb.
səhifə1/3
tarix07.06.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#115853
  1   2   3
Buxgalteriya balansini aniqlash


BUXGALTERIYA BALANSINI ANIQLASH
Moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri korxonaning buxgalteriya balansi hisoblanadi. Balans (balance – fransuzchadan tenglashish, muvozanat) – korxona moliyaviy resurslarini paydo bo‘lish omillarining (balans passivi) ularni joylashtirish omillariga (balans aktivi) tengligidir. BHMS ga muvofiq buxgalteriya balansi aniq vaqt va sanada xo‘jalik mablag‘lari va ularning omillarini, shuningdek, xo‘jalik operatsiyalarining natijalarini umumlashtirish hamda guruhlash usulidir. Balansni korxonaning moliyaviy ahvoli bir lahzada sur’atga olish bilan tenglashtirish mumkin. Buxgalteriya balansi korxonaning hisobot davridagimoliyaviy ahvoli bo‘yicha muhim ma’lumot manbayidir. Uning yordami bilan mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning daromadliligi, muomaladagi mablag‘larning aylanishi, debetor va kreditor qarzdorlikning ahvoli va o‘sib borishi aniqlanadi. Manfaatdor foydalanuvchilar buxgalteriya balansi ma’lumotlarini o‘rganib, korxonaning nimalarga egaligi, uning potensiali (imkoniyatlari) qandayligi, mulkdan qanday foydalanishi, to‘lovlarga qurbi yetish-yetmasligini aniq bila oladi.
BALANSNING TUZILISHI
Buxgalteriya balansining tuzilishi buxgalteriya ikkiyoqlama guruhlanishi: tarkibi va funksional roli, paydo bo‘lish manbalari va maqsadli qiymati asos bo‘ladi. Buxgalteriya balansi tuzilishi bo‘yicha ikkiyoqlama jadval ko‘rinishda bo‘ladi. Uning chap tomoni – xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashuvini aks ettiruvchi aktiv, o‘ng tomoni mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning maqsadli vazifalarni aks ettiruvchi passiv. Binobarin, balansning chap va o‘ng tomonlarida ayni bir xil narsalar, ya’ni korxonaning mulklari faqat turlicha guruhlarda aks etadi. Har bir turdagi mulk korxonaga biron-bir manba hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun aktivning umumiy miqdori passivning umumiy miqdori bilan teng bo‘lishi kerak (valuta balansi).

Allein_Allemal..., [01.11.21 11:51]
Balans aktivlari — korxona ixtiyoridagi foydalanish oqibatida kelajakda foyda kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy resurslar.
Aktivlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy pul mablag‘lari hamda debitorlik qarzlari va moddiy bo‘lmagan, lekin qiymat narxiga ega mulklarining qo‘shilgani.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivi avval amalga oshirilgan bitim yoki boshqalarning natijasi bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish yo‘li bilan oladilar biroq boshqa bitimlar yoki voqealar aktivlarni yuzaga kelishiga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hukumatdan olgan ko‘chmas mulki. Kelgusida ko‘zda tutilgan bitimlar yoki boshqa hodisalar o‘z-o‘zidan aktiv paydo bo‘lishiga olib kelmaydi. Aktivda mujassam bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydalar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan turli yo‘llar bilan sotilishi mumkin. Masalan, aktiv:
· boshqa aktivlarga almashtirilishi;
· majburiyatlarni bajarish uchun ishlatilishi;
· xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulk egalari orasida taqsimlanishi mumkin.
Bino, inshoot, jihoz kabi aktivlar jismoniy shaklga ega bo‘ladi. Biroq jismoniy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas. Masalan, agar ishlatilganda iqtisodiy foyda keltirsa, patentlar va mualliflik huquqi aktiv hisoblanadi. Aktivning mavjudligini belgilashda unga egalik qilinishi asosiysi bo‘la olmaydi. Masalan, ijaraga olingan xususiy mulk, agar undan foyda olinsa aktiv hisoblanadi. Sarf-xarajatlarni amalga oshirish va aktiv paydo qilish o‘rtasida mustahkam aloqadorlik mavjud, biroq bu jarayon vaqt bo‘yicha hamisha ham

Allein_Allemal..., [01.11.21 11:52]


mos kelavermaydi. Sarf-xarajatlar bo‘lajak iqtisodiy foyda qidirilganligiga sabab bo‘lishi mumkin, biroq u aktiv olishning uzilkesil isboti bo‘la olmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga berilgan obyektlar ma’lum aktivga mos keladi.
Balans passivi – korxonada xususiy mablag‘lar va majburiyatlardan iborat manbalardan tashkil topgan mablag‘lar paydo bo‘lish omillari. Buxgalteriya hisobining xalqaro amaliyotda balanslarni umumlashtirish sohasidagi nazariy tadqiqotlarda boshqaruvning ikkita asosiy sxemasi yoritib berilgan. Bular:
· balansli boshqaruv;
· balanslarni kapital boshqaruvidir.
Balansli tenglamalarning umumiy ko‘rinishi quyidagi sxema tarzida bo‘ladi:
Aktiv = Xususiy kapital + Majburiyat = Passiv
Bunda:
Aktiv — joylashuv omili;
Passiv — paydo bo‘lish omili;
Mantiqiy nuqtayi nazardan Aktiv-Passivning o‘zaro aloqasi:
· ikki tomon solishtirilganda hamisha tenglik holatida, ya’ni balans bo‘lishini;
· balansdagi passiv har qanday o‘zgarish uning asosiy qismlarini (kapital yoki majburyat) ko‘payishi yoki kamayishidan kelib chiqishi zarurligini;
· mulk va boshqa qiymatga ega narsalarni ichki almashtirishlar amalga oshirilganda passivda hech qanaqa o‘zgarish
bo‘lmasligi shart;
· mulkning har bir alohida qismining qiymat o‘zgarishini passivning ko‘payish yoki kamayishini keltirib chiqarishi zarur.
Balansning kapital tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Aktiv— Majburiyat = Xususiy kapital (yoki sof aktivlar) Kapital tenglamalar korxonaning xususiy kapitalining ahvoli va harakatini baholash hamda shakllantirish uchun zarur.
Allein_Allemal..., [01.11.21 11:52]

Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə