Buxgalteriya balansini aniqlash


BUXGALTERIYA BALANSINING TURLARI



Yüklə 80,15 Kb.
səhifə3/3
tarix07.06.2023
ölçüsü80,15 Kb.
#115853
1   2   3
Buxgalteriya balansini aniqlash

BUXGALTERIYA BALANSINING TURLARI
Buxgalteriya balansining bir necha turlari mavjud. Shundan:
· qoldiqli (saldo);
· aylanmali (aylanma);
· boshlang‘ich;
· yakuniy;
· tugallanish (likvidatsiyali).
Qoldiqli balansda buxgalteriya hisobi ma’lum sanadagi pul mablag‘lari qoldiqlari holatlari aks etadi. Aylanmali balansda qoldiqliga qo‘shimcha ravishda schyotlar bo‘yicha mablag‘larning aylanishi, jihozlar, intellektual, nomoddiy aktiv ko‘rinishidagi xususiy mulk kabilar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Boshlang‘ich balans yangi korxona tuzishda yoki harakatdagi korxonani qaytadan qurishda tuziladi.
Yakuniy balans korxona faoliyati yakunlanayotganda, moliyaviy-xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha tuziladi. Yil davomida oraliq balanslar (kvartal, yarim yillik, to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha) tuziladi. Yakuniy balans korxonaning xo‘jalik yuritish va moliyaviy faoliyati haqidagi hamma ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi va yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks etadi.
Tugallash (likvidatsiya) balansi korxona faoliyati tugatilayotganda uning mulkiy holati va manbalarining shu davrdagi ahvolini tasniflash uchun tuziladi. Likvidatsiya balansiga asosan likvidatsiya komissiyasi korxonani tugatish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari miqdorini aniqlaydi. Keyin kreditorlar bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi, debitor qarzlarni undiradi. Korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxonada qolgan mulklarni uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni o‘zaro hisob-kitob qiladi.
JIHOZLARNI RO‘YXATGA OLISHNING MAZMUNI
(INVENTARIZATSIYA)
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona mol-mulkining ahvoli va harakati, uning manbalari haqida aniq axborot berishi lozim, hujjatlardagi ma’lumotlar mavjud aniq ma’lumotlarga mos kelmog‘i shart. Biroq ayrim holatlarda ma’lum sabablarga ko‘ra tafovutlar kelib chiqadi. Bu saqlashda yo‘l qo‘yilgan tabiiy kamayish, hujjatlardagi xatolar, suiiste’molchilik, talon-taroj qilish oqibatida yuz berishi mumkin. Inventerizatsiya deb aniqlangan mavjud mol-mulklar va moliyaviy majburiyatlarni ma’lum sanadagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali aniqlashga aytiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi, uni o‘tkazish tafovutlarni tartibga
solish qoidalari va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish. 1999-yil 19-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan BHMS 19-son «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» da belgilab qo‘yilgan.
Inventarizatsiya o‘tkazish uchun korxona rahbarining buyrug‘i bilan inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi tuziladi, uni o‘tkazish muddati, obyekt va tartiblari belgilanadi. Inven- tarizatsiya paytida qimmatbaho buyumlar mavjud bo‘lsa ular majburiy hisob-kitob qilinadi, tarozida tortiladi yoki o‘lchanadi.
Aniqlangan va sanab (hisoblab) chiqilgan qimmatbaho buyumlar maxsus inventarizatsiya ro‘yxatiga batafsil yoziladi. Ro‘yxatga komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxslar qimmatbaho buyumlar ularning ishtirokida tekshirilgani, komissiya a’zolariga e’tirozi yo‘qligi va ro‘yxatdagi sanab o‘tilgan qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun javobgarligi haqida tilxat beradilar. Buxgalteriyada inventarizatsiya ro‘yxatidagi ma’lumotlar hisobda ko‘rsatilgan qoldiqlar bilan solishtiriladi va aniqlangan farq bo‘yicha qimmatbaho buyumlarning solishtirma qaydnomasi tuziladi. Inventarlarni ro‘yxatga olishning namunali shakli
BHMS 19-sonning ilovasida berilgan.
Yüklə 80,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə