Buxgalteriya hisobi


Kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/211
tarix26.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#118941
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida
qaytarilishini ta’minlash majburiyati:
– moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
– oborot mablag‘larining aylanishiga doir hisob-kitob;
– boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lari va boshqa bank-
larda saqlanayotgan bo‘sh mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma;
– qarz oluvchining boshqa korxonalar sarmoyasidagi ishtiroki
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– mijozning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi boshqa turli hujjatlar.
Bank xodimi barcha zarur hujjatlarni olgach, 5 kun muddat ichida
Markaziy bank talablarida ko‘zda tutilgani uchun bo‘lg‘usi qarz oluv-
chining kreditga va to‘lovga layoqatliligini aniqlashi lozim. Bu biznes-


41
reja tayyorlash masalalari bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqiladi. Kredit
olishda ko‘zda tutilgan maqsadlarning korxonaning ustav faoliyatiga va
kredit turi, uning maqsadlariga mos kelishi e’tiborga olinadi. Bank xodimi
taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib kredit berish yoki
bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
– kreditga layoqatlilik;
kredit olishdan maqsad;
– uning muddati va miqdori;
– kredit qaytarilishining ta’minoti;
– foiz stavkasi;
Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova
qilingan hujjatlar bilan birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga
yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini hisobga oluvchi
ikkita schyot mavjud:
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti.
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti.
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» chotida mamlakat hududidagi va
chet eldagi banklardan olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank
bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Tahliliy schyotlar kredit
turi bo‘yicha ochiladi. 6810-schyot balansga nisbatan passiv hisoblanib,
kredit tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa
qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi hisobga olinadi, qoldiq esa, kredit
tomonida qoladi. Uning tahliliy hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha
38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schotida so‘m va chet el valutasida
olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Schyotda uzoq muddatli kreditlarning turlari balansga nisbatan passiv
hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli
kreditlar, debet tomonida esa bu qarzlarning to‘langan summalari hisobga
olinadi. Qoldiq kredit tomonida qoladi. Bu schyotning analitik hisobi
olingan qarzlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-
jurnal-order yordamida yuritiladi.
Korxonalarda o‘rta muddatli kreditlarni hisobga oluvchi schyot
mavjud bo‘lmaganligi uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli
kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq muddatga olingan
kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida qayd etib boriladi.
Qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha quyidagicha ikkiyoqlama
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:


42

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə