Buxgalteriya hisobi


MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə180/224
tarix09.07.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#119429
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   224
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti-www.hozir.org

MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING
SHAKLI VA MAZMUNI
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, buxgalteriya hisobini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashkarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
  • darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;


  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;


  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;


  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlar yoki mavzulari ustida ishlash;


  • talabalarning o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;


  • keys-stadilar va o‘quv loyihalarini mustaqil bajara olish;


  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish.




Buxgalteriya hisobi fanidan referat mavzulari

  • Buxgalteriya hisobini yuritishda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash muammolari va istiqbollari


  • Korxonalarning hisob siyosati va uning shakllantirish tartibi.


  • O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish.


  • Moliyaviy hisobning tamoyillari.


  • Iqtisodiyotni yuksaltirishda moliyaviy hisob, uning roli va vazifalari.


  • Moliyaviy hisobning tarkibi va mazmuni.


  • Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari.


  • Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va ularni amaliyotga tadbiq etish.


  • Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda bosh buxgalterning xukuki, burchi hamda javobgarligi.


  • “Asosiy vositalar hisobi” nomli 5-son BHMS va uning mazmuni.


  • Asosiy vositalar hisobining vazifalari, turkumlash va baholash tartibi.


  • Asosiy vositalarni kirimini hisobga olish.


  • Asosiy vositalarni eskirishi va amartizatsiya hisobi.


  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi hisobi.


  • Asosiy vositalarni xarakati to‘g‘risidagi hisobot va uning ahamiyati.


  • Kapital qurilish hisobini tashkil etish.


  • “Lizing muomalalari hisobi” nomli 6-son BHMS va uning amaliyotda qo‘llanishi.


  • Moliyaviy ijara va uning ijarachidagi hisobi.


  • Moliyaviy ijaraning ijaraga beruvchidagi hisobi.


  • “Nomoddiy aktivlar hisobi” nomli 7-son BHMS va uning amaliyotda qo‘llanishi.


  • Gudvill va uni hisobga olish xususiyatlari.


  • Mehnat va ish haqi hisobining vazifalari, mehnatga hak to‘lashning shakllari va tizimlari.


  • Ishchi va xizmatchilar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar hisobi.


  • Iqtisodiy islohotlar davrida ijtimoiy sug‘urta organlari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi.


  • Ish haqidan ushlanmalar va chegirmalarni hisobga olish.


  • Ish haqidan daromad solig‘ini hisoblash tartibi.


  • Ish haqi fondining sarflanishi ustidan nazorat.


  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni hisobga olish.


  • Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobi va ularni taqsimlash usullari


  • Yordamchi ishlab chiqarish hisobi.


  • Ma’muriy islohotlari sharoitida davr xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish.


  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va ularni hisobga olish.


  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlarni hisobga olish tartibi.


  • Tayyor mahsulotlarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish.


  • Tayyor mahsulotni sotilishi va uni hisobga olish.


  • Iqtisodiyotning hozirgi sharoitida korxonalarda pul mablag‘lari hisobi.


  • Kassa muomalalarini tashkil etish va uning hisobini yuritish.


  • Hisob-kitob va valyuta schyotlari orqali amalga oshiriladigan muomalalar hisobi.


  • Valyuta mablag‘lari hisobi va uni takomillashtirish.


  • Bankdagi maxsus schyotlar hisobi.


  • Naqd pulsiz hisoblashish shakllari va ularni buxgalteriyadagi hisobi.


  • Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi.


  • Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi.


  • Hisobdor shaxslar bilan olib borilayotgan hisob-kitoblar hisobi.


  • Debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobi.


  • Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summalarini hisobga olish.


  • Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda banklar bilan kreditlar yuzasidan hisoblashishlarning o‘rni va ahamiyati.


  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ustav kapitali va uning o‘zgarishi hisobi.


  • Iqtisodiyotni modeonizatsiyalash sharoitida taqsimlanmagan foyda va uning ishlatilishi hisobi.


  • Rezerv va qo‘shilgan kapital hisobi.


  • Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot va uning mazmuni.


  • Davlat subsidiyalari hisobi.


  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobini 12-son BHMS asosida tashkil etish.


  • Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobini yuritish.


  • Tovar – moddiy zahiralar hisobini 4-son BHMS asosida tashkil etish.


  • Tovar – moddiy zahiralar qiymatini baholash usullari va ularning qo‘llanilishi.


  • Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi.


  • Tovar–moddiy zahiralar inventarizatsiyasini tashkil etish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.


  • Tovar – moddiy zahiralarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi.


  • Yakuniy moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi.


  • Qarzlar bo‘yicha xarajatlarni 24-son BHMSga asosan hisobga olish.


  • Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uning ahamiyati.


  • Lizing muomalalarini hisobga olishning asosiy tamoyillari.


  • Kelgusi davr xarajatlari hisobi.


  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida valyuta muomalalarining hisobi.


  • Operatsion faoliyatdan tushgan pul oqimlari hisobi.


  • Moliyaviy–iqtisodiy inqiroz sharoitida mahsulot tannarxining hisobi va uni kamaytirish yo‘llari.


  • Jahon moliyaviy–iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish sharoitida uzoq muddatli debitorlik qarzlarining hisobi.


  • Soliqlar va majburiy to‘lovlar hamda ular bo‘yicha imtiyozlar hisobi.


  • Moliyaviy – iqtisodiy inqiroz sharoitida mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va ularning hisobi.


  • Mahsulot, ish va xizmatlarni sotish bo‘yicha xaridorlar bilan hisoblashishlar hisobi.


  • Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi.


  • Moliyaviy–iqtisodiy inqiroz sharoitida xususiy kapital hisobi va ta’sischilar bilan hisoblashishlar.


  • Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisobi.


  • Korxonada hisob yuritish siyosati amaliyoti va moliyaviy hisobot tuzishning kontseptual asoslari.





Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə