O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“Buxgalteriya hisobi” fanidan reyting
tizimi asosida talabalar bilimini baholash bo‘yicha
USLUBIY KO‘RSATMA
Termiz-2018
ASOSIY QOIDALAR
“Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”, 2017 yil 2 iyunda tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha Namunaviy dastur hamda TerDU “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti Ilmiy Kengashining 2018 yil -dagi -bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha Ishchi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmadan 230000 – “Iqtisod” ta’lim sohasi bakalavriat bosqichining 5230600- “moliya” yo‘nalishi hamda 5230100 – “Iqtisodiyot” talim yo‘nalishi talabalarining “Buxgalteriya hisobi” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda foydalanish tavsiya etiladi.
SHuningdek, uslubiy ko‘rsatmada “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimii nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”da keltirilgan asosiy vazifalarning quyidagilari qamrab olingan:
Ushbu yo‘nalishning ishchi o‘quv rejasida fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi 118 soat bo‘lib, shundan ma’ruza mashg‘ulotlariga 30 soat, amaliy mashg‘ulotlarga 30 soat va mustaqil ish uchun 58 soat hajmida rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |