Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-MAVZU. AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK RISK



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə113/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

6-MAVZU. AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK RISK

Takrorlash uchun savollar



  1. Auditorlik riskining korxona faoliyatiga ta’siri qanday

  2. Auditda muhimlik deganda nimani tushunasiz

  3. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishda nimaga audit riski va muhimlik darajalari miqdori ko’rsatilishi talab etiladi

  4. Korxonaning faoliyatini tavsiflash va ichki nazorat tizimiga baho berishda qaysi audit riskidan foydalaniladi

  5. Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlashga misol keltiring

  6. Auditda muhimlik va risklilik darajalari qanday bog’langan?

  7. Buxgalteriya hisobot moddalarida nima sababdan risklar vujudga keladi?

  8. Muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi qanday amalga oshiriladi?

  9. Auditorlik riski tushunchasi qanday ta’riflanadi?

  10. Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?

  11. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qanday asosiy ko’rsatkichlar tizimiga baho beriladi?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Quyidagi 1 va 2 jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar asosida muhimlik darajasini aniqlang hamda uni buxgalteriya balansining muhim moddalariga taqsimlang(3, 4 - jadvallarga asosan).
1-jadval.
Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari


AKTIV

SO‘MMA,
(ming so‘mda)

Asosiy vositalar

28655

Nomoddiy aktivlar

2073

Materiallar

4373

Xaridor va buyurtmachilar

145016

Kassadagi pul mablag‘lari

6862

Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar

3500

Hisob-kitob schetidagi pul mablag‘lari

5079

Jami

195558

1

2

Passiv




Ustav kapitali

10000

Qo‘shilgan kapital

23807

O‘tgan yillar taqsimlanmagan foydasi

32630

Taqsimlanmagan foyda

20305

Mol yyetkazib beruvchilar va pudratchilar

58736

Majburiyatlar:




Mehnatga xaq to‘lash bo‘yicha

4843

Budjetdan tashqari fondlarga

2567

Budjet oldidagi

21735

Olingan avanslar

17115

Kelgusi davr xarajatlari

3386

Boshqa qisqa muddatli majburiyailar

434

Jami

195558

2-jadval.
Moliyaviy natijalar” to‘g‘risidagi hisobot ma’lumoti


Ko‘rsatkichlar

So‘mma, ming. so‘mda

Mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum

211564

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi

188995

Sotish xarajatlari

387

Yalpi foyda

22182

Boshqa operatsion daromadlar

11857

Boshqa operatsion xarajatlar

4597

Asosiy faoliyatning foydasi

29442

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

643

Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar

644

Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi

29441

Soliqqa tortilgungacha foyda

29441

Sof foyda

20305

3-jadval.
Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi


Bazaviy ko‘rsatkich

Bazaviy ko‘rsatkichni moliyaviy hisobotdagi ko‘rsatkichi, so‘mmada.

Muhimlik darajasi, %

Muhimlik darajasi, so‘m.































































4-jadval.
Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash


AKTIV

SO‘MMA,
(ming so‘mda)

Salmoq, %

Muhimlik darajasi, ming so‘mda

Asosiy vositalar

28655







Nomoddiy aktivlar

2073







Materiallar

4373







Xaridor va buyurtmachilar

145016







Kassadagi pul mablag‘lari

6862







Qisqa muddatli moliyaviy investitsiya­lar

3500







Hisob-kitob schetidagi pul mablag‘lari

5079







Jami

195558







Talab qilinadi:

  1. Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko‘rsatkichlarni shakllantiring;

  2. Umumiy muhimlik darajasini aniqlang;

  3. Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.

Masala. Moliyaviy hisobot uchun umumiy muhimlik darajasi 400 ming so‘m. Auditor kassa operatsiyalarini tekshirishda quyidagi holatlarni aniqladi:

  1. Kassadagi pul mablag‘lari belgilangan limitdan ko‘p chiqqan: 100 ming so‘m;

  2. Jismoniy shaxslar bilan asossiz hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan NKM dan foydalanilmagan holda.

Talab qilinadi:
1. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhimligini aniqlang.
2. Aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha korxona rahbari va kassirga qanday choralar ko‘riladi.
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Keltirilgan ma’lumotlar asosida umumiy muhimlik darajasini aniqlang.


5-jadval.
Nur” OAJ 31- dekabr 2013- y. holatiga buxgalteriya balansi

Ko‘rsatikich

So‘mmada ming so‘mda.

AKTIV


1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3

shu jumladan:




Asosiy vositalar

45 282,3

2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6

shu jumladan:




Materiallar

675,9

Debitorlar

1 823,1

Pul mablag‘lari

40,1

Boshqa joriy aktivlar

293,5

BALANS

48 114,9

PASSIV




1. O‘z mablag‘lari manbalari – jami

28 975,1

shu jumladan:




Ustav kapital

19 000,0

Qo‘shilgan kapital

7 362,1

Rezerv kapital

981,3

Taqsimlanmagan foyda

1 631,7

2. Majburiyatlar – jami

19 139,8

shu jumladan:




Kredit va qarzlar

1 275,6

Kreditorlik qarzlari

17 864,2

BALANS

48 114,9



6-jadval.
Nur” OAJ 31 - dekabr 2013 - y. holatigaMoliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot

Ko‘rsatikich

So‘mma ming so‘mda.

1. Sotishdan sof tushum

7 135,6

2. Sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi

5 971,3

3. Yalpi foyda

1 164,3

4. Boshqa daromadlar

1 472,3

5. Boshqa xarajatlar

656,5

6. Sof foyda

1980,1


7-jadval.
Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi


Bazaviy ko‘rsatkich

Bazaviy ko‘rsatkichni moliyaviy hisobotdagi ko‘rsatkichi, so‘mmada.

Muhimlik darajasi, %

Muhimlik darajasi, so‘m.







































8-jadval.
Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash



Balans aktivining moddalari

So‘mma,
ming. so‘m.

Salmoq, %

Muhimlik darajasi, ming so‘mda.

1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3







shu jumladan:










Asosiy vositalar

45 282,3







2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6







shu jumladan:










Materiallar

675,9







Debitorlar

1 823,1







Pul mablag‘lari

40,1







Boshqa joriy aktivlar

293,5







BALANS

48 114,9







Talab qilinadi:



  1. Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko‘rsatkichlarni shakllantiring.

  2. Umumiy muhimlik darajasini aniqlang.

  3. Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.

  4. Aniqlagan ko‘rsatkichlaringiz bo‘yicha umumiy xulosa bering.

Masala. Auditorlik firmasi mijozining 3 ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo‘limlari bo‘lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o‘tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo‘lgan bo‘limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo‘yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo‘limi mavjud. O‘tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.


Talab qilinadi:



  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

  2. Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?

Masala. «ODIL-AUDIT» firmasi sizning auditorlik firmangizga tekshiruv o‘tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.


«ODIL-AUDIT» firmasining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Talab qilinadi:

  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

  2. Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.

Masala. Ichki xo‘jalik riski 80%, nazorat riski 50%, aniqlanmaslik riski 10% bo‘lganda auditorlik riskining maqbul to‘plamini aniqlang. Holatlarga baho bering, ko‘rsatkichlarni mohiyati tushuntiring.


Masala. Quyidagi keltirilgan ko‘rsatkichlar asosida aniqlanmaslik riskini aniqlang.
Auditorlik riskining maqbul to‘plami 0,05, ichki xo‘jalik riski 0,75, nazorat riski 0,30. Holatga baho bering, ko‘rsatkichlar mohiyatini tushuntiring.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə