Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


Auditorlik kasbiga kirish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

1.3. Auditorlik kasbiga kirish

Moliyaviy hisobotlar auditi: iqtisodiy harakatlar va vokealar tasdiqlanganlikka nisbatan dalillarni ob’ektiv olish va baholashning muntazam jarayoni, bundan maqsad ushbu tasdiqlashlar va belgilangan mezonlar orasidagi moslik darajasini aniqlash va natijalarini manfaatdor foydalanuvchilarga berish.


Tashqi audit yagona vazifani bajaradi. Raxbariyat moliyaviy hisobotni tuzib va boshqaruvning ichki tizimini loyihalashtirayotganda, tashqi auditning maqsadi moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida hulosa berish va kompleks auditning bir qismi sifatida ichki nazorat tizimining samaradorligi haqida hulosa berish hisoblanadi. Tashqi audit uchun ahamiyatga ega bo’lish uchun, jamoatchilik tashqi auditorlar tomonidan berilgan fikrlarning holisligi va aniqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Erkin bozor iqtisodiyoti faqat tashkilotning moliyaviy faoliyatiga qiziqishi (manfaatdorligi) tomonldar orasida ishonchli axborotlar almashinuvi bo’lgandagina mavjud bo’lishi mumkin. Agar axborotlar shaffof va holis bo’lsa ya’ni ma’lumotlar tomonlardan biri uchun ikkinchi tomondan chiqmasa bozor yanada kuchayadi. Tashkilotlarning hisob axborotlari xo’jalik operatsiyalarini va o’z aktivlarining hamda qarzlarining qandaydir majburiyatlari joriy iqtisodiy holatlarini aks ettirishi kerak. Tashqi audit foydalanuvchilar tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni boshqarishga (mablag’larini) joylashtirishlari mumkinligiga ishonchni orttirish uchun mo’ljallangan. Agar auditor raxbariyat yoki ichki nazorat bilan moliyaviy hisobotlar haqida biror bir kelishuvga ega bo’lmasa dokladda malakasiz auditning hisoboti sifatida eslatiladi.
Ushbu ilovada siz shunga e’tibor beringki Price Water House Coopers auditorlik firmasi ikkita nuqtai nazar berganini (taqdim etganini) ko’rasiz. Bitta fikr auditorlik firmasi Ford kompaniyasining moliyaviy hisoboti xaqqoniy tayyorlangan deb hisoblaydi. Boshqa fikrda esa Price Water House Coopers Fordning moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazorati 2011 yil 31 dekabr yilning oxiri holatiga samaraliroq bo’lgan edi deb, hisoblashini bildiradi. Price Water House Coopers bu fikrlarni etarlicha tegishli dalillarni holis olish va baholashning tizimli jarayoni orqali o’tkazgandan keyingina ta’minlash holatida edi. Agar auditor moliyaviy hisobotlarni ishonchli ravishda berilishi borasida kelishuvga ega bo’lganida edi, auditorning kelishuvi ma’nosini tushuntirish uchun taftish haqidagi hisobot o’zgaradi va agar auditor mijozning ichki nazorat tizimi samaradorligi haqida kelishuvga ega bo’lsa auditor ichki nazorat haqida salbiy fikr berishi lozim.
Tashqi audit bu – Bosh sudya Uoren Berger 1984 yilda Oliy sud qarorida ta’riflanganidek “Maxsus funktsiya” dir.
Korporatsiyalarning moliyaviy holatini aks ettiruvchi jamlangan ommaviy hisobotlarga ishongan holda mustaqil auditor mijozlar bilan mehnat munosabatlarida ustunlik qiladigan jamoatchilik mas’uliyatni ko’zda tutadi. Mustaqil jamoatchi buxgalter o’zining maxsus funktsiyasini kreditorlar, korporatsiya aktsionerlari hamda investorlar oldida halol bajaradi.
Bo’sh sudya Bergerning ushbu gapi tashqi auditorlik kasbining mohiyatini aks ettiradi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari borasida hulosa chiqarishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, holis va vakolatli muloxazalariga tayanishlari kerak, chunki auditorlar tomonidan tekshirilgan aktsiyalarning oldi sotdisi kredit va qarz berish bo’yicha moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchi banklar, omonatchilar va kreditorlarning taqdiri ularning vijdonliligi, halolligiga bog’liq. Audit o’tkazish uchun texnik vakolatlilikning yuqori darajasi qaramlilikdan ozod bo’lish va moliyaviy hisobotga tayyorgarlik jarayonining yaxlitligi haqida qayg’urish lozim. Mohiyatan auditorlar o’zlarini kapital bozorini saqlovchilar deb his qilishlari lozim.
Jamoatchilik auditorlardan
A. Firibgarlarni topishni
B. Eng yaxshi tarzda buxgalteriya hisobi qabul qilgan standartlarni tushunish ruxini ko’rsata oladigan buxgalteriya hisobi printsiplarini va
C. Raxbariyatan mustaqil bo’lishni talab qiladi.
Ish mustaqil bo’lishigacha borib etganda, auditorlar nafaqat xaqiqatan ham mustaqil bo’lishlari, shu bilan birga ular tashqi ko’rinishidan ham mustaqilliklarini ta’minlay olishlari kerak. Agar audit bo’yicha sherik (hamkor) ning kompaniyasida bosh direktor bo’lsa, foydalanuvchilar asosli ravishda manfaatlar orasidagi nizodan havotir oishlari mumkin. Shu bilan birga, ushbu holatda audit bo’yicha sherik tashqi ko’rinishdan mustaqil bo’la olmaydi. Boshqaruv va audit bo’yicha qo’mita rentabellik tekshiruvini kuchayayotgani masalani yanada murakkablashtiradi. Shu tariqa auditorlik kasbi nisbatan salmoqli qarorlar qabul qilib, yig’imlar qilishni saqlab qolish bo’yicha ko’plab bosimlar bilan to’qnash keladi.
Integratsiyalangan auditorlik hisoboti.
Auditorlik firmalari mustaqil auditorlarning hisoboti.
Ford Motor Company OAJ direktorlar Kengashi va aktsionerlariga
Bizning fikrimizcha, Ford Motor Company OAJ va uning sho’’ba kompaniyalarida ilova qilingan konsalidatsiyalangan balanslar va foydalar, adolatlilik va pul mablag’lari harakatlari haqidagi hisobotlar kompaniyaning barcha mavjud moliyaviy holatiga nisbatan 2011 yilning 31 dekabri hamda 2010 yilning 31 dekabr holatiga ishonchli shuningdek, ularning faoliyatlari natijalari hamda 2011 yil 31 dekabrdan tugaydigan davrning xar 3 yili uchun pul mablag’lari harakatlari Amerika Qo’shma Shtatlari buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan printsiplariga mos.
Bundan tashqari, bizning fikrimizcha ilova qilinayotgan (taqdim etilayotgan) moliyaviy hisobot grafigi axborotda ko’rsatilgan hamma axborotlarni tegishli konsalidarlashtirilgan moliyaviy hisobot bilan qo’shilgan (umumlashgan) holda jami asosiy tomonlarni ishonchli aks ettiradi.
Bundan tashqari bizning fikrimizcha, kompaniya jami mavjud tomonlardan 2011 yil 31 dekabr holati bo’yicha Tradeway (COSO bo’yicha) komissiyaning homiylik tashkilotlari qo’mitasi tomonidan berilgan ichki nazorat tizimi Kompleks ramali (?) dastur tomonidan o’rnitilgan mezonlar asosida moliyaviy hisobot tayyorlanishi ustidan samarali ichki nazoratni saqlagan. Kompaniya raxbariyati kompaniyaning ichki nazorat tizimi haqidagi 9 A band bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotiga qo’shilgan, moliyaviy hisobot va uning ichki nazorat tizimi samaradorligini baholashni saqlash uchun ushbu hisobot va moliyaviy hisobot grafigi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga oladi. Bizning majburiyatlarimiz kompaniyaning biz tomonimizdan o’tkazilgan kompleks audit asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga nisbatan kompaniyaning ushbu moliyaviy hisobot va ichki nazorat bo’yicha fikrlarini ifodalashdan iborat. Biz ochiq aktsionerlik jamiyati Kengashi standartlarga mos holda hisobdorlik bo’yicha AQSh nazorati audit o’tkazdik. Bu standartlar biz auditni moliyaviy hisobotlarda jiyyiy hatoliklar yo’qligiga va barcha mavjud tomonlarda moliyaviy hisobotga tayyorgarlikda samarali ichki nazorat saqlanganligiga etarlicha ishonch hosil qilgani uchun auditni rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Bizning moliyaviy hisobotlar haqidagi auditimiz testlashtirish asosida raqamli ko’rsatkichlarni va moliyaviy hisobotda ochib berilganlarni, buxgalteriya hisobining foydalanilgan printsiplarini baholashni va raxbariyat tomonidan qilingan ahamiyatli baholar shuningdek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini baholashni tasdiqlovchi dalillarni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bizning moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha ichki nazorat auditimizga ichki nazoratning moliyaviy hisobot tuzishdagi rolini tushinish, risklarin baholash shuningdek, riskning bahosiga asoslangan ichki nazorat tizimining loyihalanishi va opertsion samaradorligini testlashtirish va baholash kiradi. Bizning auditimiz shuningdek, biz ushbu holatda zarur deb topgan boshqa protseduralarni bajarishni ham lozim deb topdi. Biz o’tkazgan auditimiz fikrimizni ifodalash uchun etarlicha asos beradi deb o’ylaymiz.
Bizning auditorlik tekshiruvimiz moliyaviy hisobotlar haqida yaxlit fikrlarni shakllantirish maqsadida o’tkazildi. Ilova qilingan operatsiyalar sektori va pul mablag’lari harakatlari bilan bog’liq sektor balansi varaqalari va arizalar qo’shimcha tahlil maqsadida taqdim etildi va asosiy moliyaviy hisobotning majburiy qismi hisoblanmaydi. Bunday axborotlar auditorlik protseduralariga asosiy moliyaviy hisobotlar auditi davomida jalb etilgan edi va fikrimizcha yaxlit holda moliyaviy hisobotlarga nisbatan mavjud hamma jihatlariga ko’ra xaqqoniy (adolatli)dir.
Kompaniyaning moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazorati buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan printsiplariga mos holda tashqi maqsadlar uchun moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va tayyorlanishida etarlicha ishonchni ta’minlash uchun mo’ljallangan jarayon. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazorati

  1. Kompaniyalar bitimlari va aktivlari dispozitsiyasini oqilona darajada batafsil, aniq va ishonchli aks ettiruvchi yozuvlar mazmuniga aloqador bo’lgan siyosat va protseduralarni ichiga oladi.

  2. Operatsiyalar moliyaviy hisobotlarni buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplariga mos holda tayyorlash uchun zarurat tug’ilganda aks ettirilishiga etarlicha ishonchni ta’minlash va

  3. Kompaniya aktivlarining moliyaviy hisobotlariga jiddiy tarzda ta’sir etishi mumkin bo’lgan ruxsatsiz olinishi (sotib olinishi), foydalanilishi yoki realizatsiya qilinishini o’z vaqtida aniqlash va oldini olishga etarlicha ishonchni ta’minlashni o’z ichiga oladi.

2-MAVZU: AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI


REJA:
2.1 Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi
2.2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.






    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə