Buxgalteriya hisobi va hisoboti



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#163949
1   2   3   4   5   6   7
Buxgalteriya

Operativ ijara hisobi
46. Operativ ijarada, ijara obyektiga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha risklar ijarachiga o‘tmaydi va shuning uchun operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan ijara obyektlari ijarachining balansida hisobga olinmasligi lozim.
47. Operativ ijara obyekti ijarachi tomonidan balansdan tashqari schyotlarda operativ ijara shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatda, ijaraga beruvchida esa – asosiy vositalar tarkibida balans schyotlarida hisobga olinadi.
48. Operativ ijarada ijarachi tomonidan hisoblangan va to‘lanadigan ijara to‘lovlari, ularni foydalanish maqsadiga qarab mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxiga va (yoki) davr xarajatlariga olib boriladi.
49. Ijara beruvchining operativ ijara obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlari (amortizatsiya ajratmalari, sug‘urtalash, kapital va joriy ta’mirlash, operativ ijara obyektlari bilan bog‘liq soliqlar va boshqa xarajatlar) ushbu xarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrining joriy xarajatlari sifatida tan olinadi.
50. Operativ ijarada hisoblangan va ijaraga beruvchi tomonidan olinadigan ijara tushumlari daromad sifatida tan olinadi.
51. Operativ ijara shartnomasida ijara obyekti, ijara muddati tugashi yoki tugamasidan, agarda shartnomada shartlashilgan sotib olish narxining barchasi ijarachi tomonidan to‘langanda, ijarachining mulkiga o‘tishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Agar shartnomada ijara obyektini sotib olish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u tomonlarning qo‘shimcha kelishuvi bilan o‘rnatilishi mumkin, unda ijara obyektidan foydalanish uchun oldin to‘langan to‘lovlar sotib olish bahosida hisobga olinishi haqida kelishish huquqiga ega.
Ijara muddatining tugashi yoki uning tugaguniga qadar shartnomada ko‘zda tutilgan sotib olish narxini ijarachi tomonidan to‘liq kiritilgan holda va ijara obyektiga egalik qilish huquqi unga o‘tganda, u buxgalteriya hisobida ijarachining mulki sifatida hisobga olinishi shart.
Ijarachining operativ ijara obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar o‘rnatish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari operativ ijara obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Agar operativ ijara obyekti ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki operativ ijara shartnomasi bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda operativ ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan operativ ijara obyektini yaxshilashga sarflangan xarajatlar (qo‘yilmalar) va ularni operativ ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni bo‘lmasa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ular ijaraga beruvchiga tekinga o‘tadi, agarda operativ ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Biroq, agarda ularni operativ ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa va agar ijaraga beruvchi ularning qiymatini qoplashga rozi bo‘lmasa, bunday hollarda ijarachi ularni ajratib olishi mumkin.

Xulosa.
Xulosa o’rnida kurs ishini bajarish davomida ko’plab bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Xususan mulkni joriy ijaraga oluvchi operativ (joriy) ijara bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1.Ijara shartnomasiga asosan ijaraga olingan asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan qabul qilib oladi va ularning qiymatini balansdan tashqari bo‘lgan № 001 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» schetining kirim qismiga yozadi.
2.Ijara shartnomasiga muvofiq har oyda ijara to‘lovini ijara mulkini ishlatish maqsadiga ko‘ra hisobga oladi: Debet «Harajatlar schetlari ( 2010,2310,2510,3110,9400 ) Kredit 6910 «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara»
3.O‘tqazilgan ijara to‘lovini hisobga oladi: Debet 6910 «To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» Kredit Pul mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5210,5220 )
4. Ijara muddati tugagach, ijara mulki egasiga qaytariladi va u asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan topshiriladi. Topshirilgan asosiy vositaning qiymatini balansdan tashqari bo‘lgan № 001 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» schetining chiqim qismiga yozadi.
Ijaraga beruvchida. Ijara beruvchi operativ (joriy) ijara bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1..Ijaraga berilgan asosiy vositalarni balansdan chiqarmaydi, lekinda ularni qiymatini joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni hisobga olishga mo‘ljallangan schetga o‘tqazadi. Masalan, ishchi schyotlar rejasiga 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» schyotini ochishi mumkin. Debet 0191 «Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar» Kredit 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
2.Har oyda lizing shartnomasiga muvofiq ijara foizini (to‘lovini) hisobga oladi: Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 9350 «Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar»
3.Joriy ijara bo‘yicha hisoblangan QQS summasini aks ettiradi Debet 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar» Kredit 6410«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar
4. Ijara haqini kelib tushushini hisobga oladi: Debet «Pul mablag‘lari schyotlari» (501,5110,5210,5220 ) Kredit 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan an to‘lovlar»
5. Ijara muddati tugagach, lizingga berilgan asosiy vositalar qayta qabul qilinadi va eski schyotlar tarkibiga tiklanadi: Debet 0120-0190 « Asosiy vositalar hisobi schyotlari» Kredit 0191 «Ijaraga berilgan asosiy vositalar» Joriy ijaraning analitik hisobi shartnomalar (lizing oluvchilar) bo‘yicha yuritiladi.


Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə