Buxgalteriya hisobi va hisoboti



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#163949
1   2   3   4   5   6   7
Buxgalteriya

Oldingi tahrirga qarang.
Moliyaviy ijarada har bir hisobot davri uchun moliyaviy ijara obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi kabi xarajatlar yuzaga keladi. Moliyaviy ijara obyektlari bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 9-iyundagi 71-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1946-1, 16.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 512-modda)
Ijarachi (lizingga oluvchi) moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin moliyaviy ijara obyektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishiga ishonchi bo‘lmasa, u holda u quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib: moliyaviy ijara shartnomasi muddati davomida yoki moliyaviy ijara obyektining xizmat qilish muddati davomida to‘liq amortizatsiya qilishi mumkin.
Ijarachining (lizingga oluvchining) aniq bir davrdagi moliyaviy ijara obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (moliyaviy ijara bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan ijara (lizing) to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin.
Moliyaviy ijara obyektini har yili qayta baholash ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Moliyaviy ijara shartnomasi tugatilganda ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini qaytarish munosabati bilan balansdan chiqarish, moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Moliyaviy ijara obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) moliyaviy ijara obyektining qoldiq (balans) qiymati bilan ijara (lizing) to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida moliyaviy ijara obyektining chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Moliyaviy ijara obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar)ni aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi moliyaviy ijara obyekti qiymatining ko‘paygan qoldiq summasi, ya’ni oldingi baholashlardagi qiymatining ko‘payish summasining oldingi baholashlardagi qiymatining kamayish summasidan ortgan qismi moliyaviy ijara obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Ijaraga (lizingga) beruvchining buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara muddati boshlanishidagi moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati yoki minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha, agar u past bo‘lsa, tan olinishi lozim.
Ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi moliyaviy ijara shartnomasi muddati davomida davrlar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi va moliyaviy ijara shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasini o‘rnatish maqsadida ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash jadvali (tartibi)da aks ettirilishi kerak.
Ijaraga (lizingga) beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan moliyaviy ijara obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar moliyaviy ijara obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Bunda, agar moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan bo‘lsa, ular yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Moliyaviy ijara obyektini berish (olish) paytida ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi (ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara foizi bo‘yicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Bunda ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi va ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara foizi bo‘yicha xarajatlari, pulni to‘lash vaqti va kelib tushishidan qat’iy nazar, tegishli hisobot davrlarida ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash jadvali (tartibi)ga muvofiq hisoblanadi.
Moliyaviy ijara obyektlari berilayotganda, ijaraga (lizingga) beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning boshlang‘ich qiymati (agar berilayotgan obyekt ishlatilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq qiymati (agar obyekt berilishiga qadar ishlatilgan bo‘lsa) o‘rtasidagi farq, rezerv kapitalining “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida qayd qilingan moliyaviy ijara obyektlarini qayta baholashlar natijasini, ya’ni mazkur moliyaviy ijara obyektini oldingi baholashlardagi qiymatining ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymatining kamayish summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda, tuzatishlar kiritilgandan so‘ng kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovlarining hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi.
Ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi tugatilganda moliyaviy ijara obyektini kirim qilish moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijarani tugatish kunidagi qarzdorlik (debitor qarzdorlik) summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing obyekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olinayotgan hollarda, aniq bir lizing obyektiga nisbatan lizingga beruvchining kreditori va lizingga oluvchi sifatida bir shaxs ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ijaraga beruvchi ijara (lizing) obyektini bo‘lg‘usi foydalanuvchidan keyinchalik uni xuddi shu shaxsga ijaraga (lizingga) berish uchun sotib olgan hollarda, ijarachi va sotuvchi bir shaxs bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.


Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə