Buxgalteriya hisobi va hisoboti


OPERATIV IJARA TURLARI VA OB’EKTLARI



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#163949
1   2   3   4   5   6   7
Buxgalteriya

OPERATIV IJARA TURLARI VA OB’EKTLARI
Operativ ijara deganda moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan mulkiy ijara shartnomasiga binoan mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga yoki foydalanishga berish tushuniladi.
IJARAGA BERUVCHIDA OPERATIV
IJARA HISOBI
6-son BHMSda moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan, mol-mulkni vaqtinchalik egalik qilish va mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha foydalanish uchun berilishi tushuniladigan "operativ ijara" tushunchasiga aniqlik kiritilgan.
Operativ ijarada ob’ektga egalik qilish bilan bog‘liq barcha risklar ijarachiga o‘tmaydi. SHuning uchun operativ ijara ob’ekti ijaraga beruvchining balansidagi asosiy vositalar tarkibida hisobda turishi kerakyu. U ob’ekt bo‘yicha amortizatsiya hisoblaydi, ushbu mol-mulk bilan bog‘liq soliqlarni to‘laydi (zarur hollarda), shuningdek uni saqlash bo‘yicha xarajatlarni amalga oshiradi.
Ijaraga beruvchining operativ ijara ob’ektlarini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlari (amortizatsiya ajratmalari, sug‘urtalash, kapital va joriy ta’mirlash, operativ ijara ob’ektlari bilan bog‘liq soliqlar va boshqa xarajatlar) ushbu xarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrining joriy xarajatlari sifatida tan olinadi
IJARACHIDA OPERATIV IJARA HISOBI
Operativ ijarada ijara mol-mulki bilan bog‘liq risklar ijarachiga o‘tmaydi. Operativ ijara shartnomasida ko‘rsatilgan operativ ijara ob’ekti bahosi bo‘yicha ijarachi tomonidan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti balansida hisobga olinadi. Ijaradagi mol-mulk bo‘yicha amortizatsiya ijarachi tomonidan hisoblanmaydi.
Operativ ijarada ijarachi shartnoma bo‘yicha ijaraga beruvchiga to‘lanadigan ijara to‘lovlarini (haqni) hisobda aks ettiradi. Operativ ijarada ijarachi shartnoma bo‘yicha ijaraga beruvchiga to‘lanadigan ijara to‘lovlarini (haqlarni) hisobda aks ettiradi. Ijara to‘lovlari ijarachining mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi va (yoki) davr xarajatlarini o‘z ichiga oladi (ijaraga olinadigan mol-mulkning maqsadidan kelib chiqib).

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə