Buxgalteriya lit



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Buxgalteriya lit


Т
ayyor mahsulot“
moddasida buyurtmachilar bilan
tuzilgan shartnoma, belgilangan texnik sharoit va standart-
lar talablariga to‘la javob beradigan hamda qabuldan o‘tgan
buyumlar qoldig‘ining haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi
ko‘rsatiladi.
Belgilangan talablarga javob bermaydigan va topshiril-
magan ishlar tugallanmagan hisoblanadi hamda tugallan-
magan ishlab chiqarish tarkibida ko‘rsatiladi.

Т
ovarlar“
moddasida savdo va umumiy ovqatlanish
sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar
tomonidan sotib olingan tovarlar qoldig‘i qiymati ko‘rsa-
tiladi. Shu bilan birga, umumiy ovqatlanish korxonalari
bu moddada oshxona va omborlardagi xomashyo qoldig‘ini,
bufetlardagi tovarlar qoldig‘ini ham aks ettiradilar.
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalari sotish
uchun alohida sotib olgan buyumlar, materiallar,
mahsulotlarni shu moddada ko‘rsatadilar.
Mazkur moddada tovarlarni sotish bahosi, sotib olish
bahosi va savdo ustamasi alohida keltiriladi.
Buxgalteriya balansining passiv tomoni, ya’ni xo‘jalik
mablag‘lari manbalarining aks ettiruvchi tomoni ikki
bo‘limdan, ya’ni 
„Xususiy kapital“ 
(„Uzluksiz mablag‘-
lar“ning manbalari) va 
„Majburiyatlar“
bo‘limidan
iboratdir.
Buxgalteriya balansining passiv tomoni 
„Xususiy


211
kapital“
bo‘limi 
„Ustav kapitali“
(320-satr) moddasi aso-
san 85
 „Ustav sarmoyasi“
schotidagi subschotlari kiradi.
„Ustav kapitali“ moddasida, asosan, qatnashuvchilar
qo‘yilmalari hisobiga tashkil topgan mablag‘lar, ya’ni ta’sis
hujjatlarida ro‘yxatga olingan mablag‘lar ko‘rsatiladi.
Ustav kapitalini ko‘paytirish yoki korxona faoliyatining
o‘tgan yildagi natijalariga belgilangan tartibda ko‘rib chiqil-
ganda va korxonaning ta’sis hujjatlariga kerakli o‘zgartish-
larini kiritgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə