99
Buxgalteriya hisobida „Davr xarajatlari“ schoti
yuritiladi. Bu schotning debet tomonida tovarni sotish va
sotishga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi.
Misol.
1. Xodimlarga may oyi uchun 70000 so‘m ish haqi
hisoblandi.
2. Xodimlarga hisoblangan ish haqidan 24000 so‘m
ijtimoiy sug‘urtaga ajratilgan.
3. Xodimlar ish haqidan 18000 so‘m soliq summalari
ushlab qolindi.
Misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beri-
ladi:
1. Debet „Davr xarajatlari“ schotining „Mehnatga haq
to‘lash bo‘yicha xarajatlari“ subschoti — 70000 so‘m,
kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar“ schoti — 70000 so‘m.
2. Debet „Davr xarajatlari“ schoti — 24000 so‘m,
kredit „Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar“ schoti — 24000
so‘m.
3. Debet „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar“ schoti — 18000 so‘m, kredit „Budjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorlik“ schoti — 18000 so‘m.
Misolimiz buxgalteriya
hisobi schotlari chizmasida
quyidagicha ko‘rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: