Buxgalteriya xisobi va audit


Blokchain nima va u fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda davlatga qanday yordam beradi?



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/3
tarix08.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#109147
növüReferat
1   2   3
blokcheyn texnalogiyalari

Blokchain nima va u fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda davlatga qanday yordam beradi?


Oddiy qilib aytganda, blokcheyn — bu ma’lumotlar xavfsiz tarzda saqlanadigan ma’lumotlar bazasi. Bunga har bir yangi yozuvni avvalgisi bilan bog‘lash orqali erishiladi, natijada ma’lumotlar bloklardan tashkil topgan zanjir paydo bo‘ladi (ingliz tilida «block chain» — bloklar zanjiri) — nomi ham shundan kelib chiqqan. Jismoniy jihatdan, blokcheyn ma’lumotlar bazasi taqsimlanadi, bu vakolatli foydalanuvchilarga ma’lumotlarni mustaqil tarzda qo‘shish imkonini beradi. Ilgari saqlangan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish ilojsiz, chunki bu harakat zanjirni uzilishiga olib keladi va aynan shu «o‘zgartira olmaslik» blokcheynni davlat ma’lumotlar bazalarida raqamli yozuvlarni saqlashning xavfsiz va ishonchli vositasiga aylantiradi.
Yevropa hududi va undan tashqaridagi ko‘plab mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, hozirgi kunda O‘zbekistonda FHDYO (ZAGS) tizimida, keyinchalik esa Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligida joriy etishni nazarda tutgan holda, blokcheynni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Axborot xavfsizligini va unga bo‘lgan ishonchni ta’minlash O‘zbekiston fuqarolariga yanada baxtli hayot kechirishlariga ko‘maklashishga qaratilgan «2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha yakunlangan Milliy Harakatlar strategiyasi»ning maqsadlarini aks ettiradi.

Elektron FHDYOdan foydalanish jarayoni.
Blokcheynning afzalliklari vaqt o‘tishi bilan mustahkamlanib borishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarida aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi tafovutlar oshmasdan, aksincha qisqarib borishi uchun texnologiyani davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimiga joriy etilishi bosqichma-bosqich va puxta o‘ylangan tarzda bo‘lishi kerak. Boshqa xorijiy davlatlarda blokcheyn qanday joriy etilganligi yuzasidan IPSD loyihasi olib borgan tadqiqoti hamda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgga tashkil etilgan o‘quv safari natijasida olingan xulosalar O‘zbekistonda kuchli huquqiy va siyosiy bazani yaratish, zarur raqamli infratuzilmani tashkil etish va mas’ul davlat amaldorlarining raqamli ko‘nikmalari rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Blokcheyn uchun huquqiy asos doimiy innovatsiyalar va tajribalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. BMTTD tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, blokcheynni davlat funksiyalariga kiritish turli sohalarda qonuniy va tartibga soluvchi talablarga rioya qilishni talab qiladi. Bular kripto aktivlarini tartibga solish, smart-shartnomalarni bajarilishini ta’minlash, raqamli identifikatsiyani tartibga solish, ma’lumotlarni himoya qilish, ma’lumotlar maxfiyligi va yaxlitligini o‘z ichiga oladi. Davlat sektorida bunday raqamli innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy muhitni yaratish zarurati allaqachon «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasida belgilangan.
O‘zbekistonda FHDYO uchun blokcheyn yechimini ishlab chiqish uchun IT-kompaniya yollandi. 2022 yilda kerakli IT-infratuzilma o‘rnatildi, u avvalroq sotib olingan tarmoq server uskunalari bilan takomillashtirildi. Shuningdek, respublika bo‘ylab AKT xodimlari uchun ixtisoslashtirilgan treninglar tashkil etiladi.
O‘zbekiston davlat xizmatlariga blokcheynni joriy qilish uchun poydevor yaratish va boshqa hukumatlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik uchun xalqaro, xususan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning tajribasidan asosli foydalanishni talab qildi. 2021 yil noyabr oyida IPSD loyihasi yangi avlod elektron xizmatlari va elektron hukumatni yaratish doirasida blokcheyn texnologiyasining amaliy qo‘llanilishini o‘rganish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi (hozirgi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti), Adliya vazirligi, AKTni rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Davlat kadastri mas’ullari ishtirokida Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgga o‘quv safarini tashkil qildi.
Lyuksemburgda O‘zbekiston delegatsiyasi davlat xizmatlarini yanada shaffof, ishonchli va samarali taqdim etish yo‘llarini qo‘llashni nazarda tutuvchi TOKEN (The Changing Impact of Blockchain Technology on Public Services -- blokcheyn texnologiyasining davlat xizmatlariga o‘zgaruvchan ta’siri) milliy loyihasini o‘rgandi va natijalari bilan tanishdi. Ishtirokchilar, shuningdek, blokcheyn qanday qilib davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilagani, qog‘ozbozlikni kamaytirgani, jamoatchilik ishtirokini oshirgani, raqamli demokratiya va shaffoflikni mustahkamlagani va avtomatlashtirishni targ‘ib qilgani haqida ma’lumot oldi.

Gollandiyaning Groningen shahridagi Shimoliy dengiz xalqaro qabul markazi.
Blokcheynni qo‘llashdan tashqari, o‘quv turning Gollandiya segmentida hukumat tomonidan boshqa raqamli yechimlardan foydalanish ham ko‘rib chiqildi. Niderlandiya munitsipalitetlari milliy assotsiatsiyasi (VNG) jamoatchilik maydonini shakllantirishda fuqarolik tashabbuslari uchun interaktiv veb-saytlarni yaratishda «Open Stad» kabi raqamli platformalardan foydalangan. Gollandiya fuqarolariga o‘z jamoalarida infratuzilmani yaxshilash imkonini beruvchi Gaaga onlayn portali MijnDenHaag bilan bir qatorda ushbu platforma O‘zbekistonda ham qo‘llash imkoniyatiga ega.
O‘quv safari natijalari va olingan saboqlar asosida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə