Buxgalteriya xisobi


Buhgalteriya hisobining kalkulyatsia usuli nima?



Yüklə 43,55 Kb.
səhifə9/10
tarix30.01.2023
ölçüsü43,55 Kb.
#99777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Назарfd 2

Buhgalteriya hisobining kalkulyatsia usuli nima?

Kalkulyatsiya- bu xo’jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab toppish usuli.

  1. Buhgalteriya hisobining scho’ti nima?

Schyotlar-bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad,harajat,foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang’ich va oxirgi)shuningdek,ularning shu davrdagi harakati (ko’payishi va kamayishi) to’g’risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli.

  1. Scho’tlar rejasi nima?

Schyotlar rejasi- bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo’llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi.

  1. O’zbekistonda nechta turdagi sch’otlar rejasi qo’llaniladi?

Schyotlar rejasi- bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo’llaniladigan schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi.

  1. Aktiv scho’tlar nima?

Aktiv schyotlar- korxona aktivlarini aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.

  1. Passiv scho’tlar nima?

Passiv schyotlar- korxona aktivlarini tashkil topish manbaalarini ko’rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.

  1. Kontraktiv scho’tlar nima?

Kontraktiv schyotlar- korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.

  1. Kontrpassiv scho’tlar nima?

Kontrpassiv schyotlar – korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.

  1. Balans scho’tlari bu:

Balans schyotlari- bu qoldiqlari balansgacha kiritiladigan schyotlar.Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo’ljallangan barcha schyotlar balans schyotlari hisoblanadi.

  1. Balansdan tashqari sh’otlar bu:

Balansdan tashqari schyotlar-korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan,lekinda unga tegishli bo’lmaganligi uchun balansga kiritib bo’lmaydigan aktivlarni,shartli huquq vamajburiyatlarni aks ettirishga mo’ljallangan schyotlar.

  1. Sintetik scho’tlar bu:

Sintetik schyotlar -bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar.

  1. Analitik scho’tlar bu:

Analitik schyotlar- bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o’lchov birliklarida qayd etib jamlabberuvchi schyotlar.

  1. Scho’tni chap tomoni nima deb ataladi?

Aktiv

  1. Scho’tni ‘ong tomoni nima deb ataladi?

Passiv

  1. Scho’tni debet oboroti bu:

Debet oborot-bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig’indisi.Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga ko’payganligini bildiradi,passiv schyotlarda esa-hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.

  1. Scho’tni kredit oboroti bu:

Kredit oborot-bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig’indisi.Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig’I summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi,passiv schyotlarda esa- hisobot davrida schyotning bosh qoldig’i summasini jami qanchaga ko’payganligini bildiradi.

  1. Ikki yoqlama yozuv nima?

Yuz beradigan operatsiyaning summasi unda ikki marta, yan’ni bir schyotning debetiga,boshqa bir schyotning kreditiga yoziladi.Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv deb ataladi.

  1. Oddiy buhgalteriya o’tkazmasi bu:

Oddiy buxgalteriya o’tkazmasi deganda ikkita schyot qatnashgan,shundan biri debetlangan va boshqasi kreditlangan o’tkazmaga aytiladi.

  1. Murakkab buhgalteriya o’tkazmasi bu:

Murakkab o’tkazmalar- bu uch va undan ko’p shyotlar qatnashib tuzilgan o’tkazmalarga aytiladi.Bunday o’tkazmalarda bitta schyot debetlanib, ikki va undan ko’p boshqa schyotlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo’ladi.

  1. Buhgalteriya balansi bu:

Buxgalteriya balansi- bu korxona aktivlari va ularni tashkil toppish manbalarining ma’lum bir sanadagi holatini pul birligida ifodalash usuli.

  1. Buhgalteriya balansining aktivi qanday bo’limlardan iborat?

1)Uzoq muddatli aktivlar 2)Joriy aktivlar

  1. Buhgalteriya balansining passive qanday bo’limlardan iborat?

1)O’z mablag’larining manbai 2)Majburiyatlar

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi birinchi tipdagi o’zgarishlar bu:

Bu tipdagi o’zgarishlar,mazmunida ko’rinib turibdiki,faqat buxgalteriya balansining aktiv qismiga kiruvchi elementlarga (moddalarga)tegishlidir.Ya’ni yuz bergan ho’jalik operatsiyasi faqat aktiv elementlariga tegishlidir.Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida bir aktiv ko’payadi, ikkinchisi esa kamayadi.Pirovardida esa balans o’zgarishsiz qoladi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi birinchi tipdagi o’zgarishlar formulasi:

A+X-X=P
Bu yerda A-aktiv; P-passiv; X-xo’jalik operatsiyasi ta’sirida balansining bitta aktiv moddasi summasining oshishi va boshqa aktiv moddasi summasining kamayishi .

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi ikkinchi tipdagi o’zgarishlar bu:

Bu tipdagi o’zgarishlar, mazmunidan ko’rinib turibdiki, faqat buxgalteriya balansining passiv qismiga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir.Ya’ni yuz bergan xo’jalik operatsiyasi faqat passiv elementlariga tegishlidir.Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida bitta passiv ko’payadi, ikkinchisi esa kamayadi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi ikkinchi tipdagi o’zgarishlar formulasi:

A=P+X-X
Bu yerda A-aktiv; P-passiv; X-xo’jalik operatsiyasi ta’sirida balansning bitta passiv moddasi summasining oshishi va boshqa passiv moddasi summasining kamayishi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi uchinchi tipdagi o’zgarishlar bu:

Bu tipdagi o’zgarishlar, mazmunidan ko’rinib turibdiki, Buxgalteriya balansining ham aktivi, ham passiviga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir.Ya’ni yuz bergan xo’jalik operatsiyasi bir vaqtning o’zida ham aktiv, ham passiv elementlariga tegishlidir.Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida korxonaning aktivi ham, passive ham bir xil summaga ko’payadi.Pirovardida eski balans summasi ko’payish tomonga o’zgaradi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi uchinchi tipdagi o’zgarishlar formulasi:

A+X=P+X
Bu yerda A-aktiv; P-passiv; X-xo’jalik operatsiyasi ta’sirida balansning bitta aktiv moddasi va bitta passiv moddasi summasining oshishi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi to’rtinchi tipdagi o’zgarishlar bu:

Bu tipdagi o’zgarishlar, mazmunidan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktivi,ham passiviga kiruvchi elementlarga (moddalarga) tegishlidir.Ya’ni yuz bergan xo’jalik operatsiyasi bir vaqtning o’zida ham aktiv, ham passiv elementlariga tegishlidir.Korxonada yuz bergan operatsiya natijasida korxonaning aktivi ham, passivi ham bir xil summaga kamayadi.Pirovardida eski balans summasi kamayish tomonga o’zgaradi.

  1. Ho’jalik operatsialar tasirida buhgalteriya balansidagi to’rtinchi tipdagi o’zgarishlar formulasi:

A-X=P-X
Bu yerda: A- aktiv; P- passiv; X-xo’jalik operatsiyasi ta’sirida balansning bitta aktiv moddasi va bitta passiv moddasi summasining kamayishi.

  1. Buhgalteriya hisobining hisoblash tamoyili bu:

Hisoblash tamoyili – deganda bu tamoyil korxonaning aktivlari,passivlari, o’z sarmoyasi, daromadlari, xarajatlari,xo’jalik operatsiyalari va voqealarini buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag’lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to’langan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirishni bildiradi.

  1. Buhgalteriya hisobining neytrallik tamoyili bu:

Neytrallik tamoyili -bu tamoyil moliyaviy hisobotni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi.

  1. Buhgalteriya hisobining ishonchlilik tamoyili bu:

Ishonchlilik tamoyili-bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir summani qat’iy hujjatli asosga ega bo’lishligini bildiradi.

  1. Buhgalteriya hisobining tezkorlik tamoyili bu:

Tezkorlik tamoyili-bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini boshqaruv organlariga kerakli vaqtda va hajmda berishni bildiradi.

  1. Qaysi biri togri ?

  • Aktiv = uzok muddatli aktivlar + joriy aktivlarr

  1. Qaysi biri togri ?

  • Passiv = o’z mablaglar manbalari + majburiyatlar

  1. Qaysi biri togri ?

  • Uzoq muddatli aktivlar = aktivlar – joriy aktivlar

  1. Qaysi biri togri ?

  • Majburiyatlar = passivlar – o’z mablaglar manbalari

  1. Hisob registrlari bu:

Hisob registrlari- bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish,guruxlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar.

  1. Qaysilari buhgalteriya hisobi shakillariga kiradi:

  • Bosh kitob (bosh jurnal), soddalashtirilgan, memorial-order, jurnal-order, kompyulashlashtirilgan shakllar.

  1. Buhgalteriy hisobida hisob shakli registorlarni belgilaydimi yoki registrlar hisob saklinimi?

  • Registorlar hisob shaklini belgilaydi.

  1. Jurnal orderlar schotlarning qaysi tomoni bo’yicha yuritiladi?

  • Kredit tomoni bo’yicha.

  1. Buhgalteriya hisobini soddalashtirilgan shakli qaisi korhonalar uchun mo’ljallangan?

  • Kichik korhonalar uchun.

  1. Hisob siyosati bu:

  2. Ko’rinishiga ko’ra b uhgalteriya hisobida pul mablaglari qaysi turlarga bo’linadi? Milliy va xorijiy

  3. Turgan joyiga qarab buhgalteriya hisobida pul mablaglari qaysi turlarga bo’linadi? Kassa, yo’ldagi pulla, bankdagi

  4. Kassa bu:

  5. Kassa limiti nima:

  6. Yuridik shahslar uchun banklarda qaysi turdagi scho’tlar ochilishi mumkin?

  7. Talab qilib olinguncha deposit scho’ti bu: asosiy hisobvaraq — xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin birinchi marta ochilgan milliy valyutadagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i.

  8. Ssuda scho’ti bu: bu oldindan belgilangan muddatga pul yoki mulk bilan ta'minlash. Kreditdan farqli o'laroq, kredit bunday xizmatni majburiy ravishda to'lash kerakligini anglatmaydi, ya'ni foizlar muddat oxirida to'lanadi.

  9. Bankdagi asosiy cho’t bu: asosiy hisobvaraq — xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin birinchi marta ochilgan milliy valyutadagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i.

  10. Kassaga pul mablaglarning kelib tushishi qaisi hujjat bilan rasmiylashtiriladi ? Kassa kirim orderi

  11. Kassadan pul mablaglarning chiqib ketishi qaisi hujjat bilan rasmiylashtiriladi ? Kassa chiqim orderi

  12. Kassa kitobi nima?

  13. Pul mablaglarning sintetik hisobi qaysi schotda yuritiladi? Sintetik hisob qonunchilikda belgilanadigan tartibda buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  14. Pul mablaglarning analitik hisobi qayerda yuritiladi? Analitik hisob buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi batafsil buxgalteriya axborotini shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi.

  15. Chek daftarchasi hima? Chek – bu hisob varaqa egasining hisob varag‘dan oluvchining hisob varag‘iga pul o‘tkazish uchun bankka berilgan topshiriqnoma bo‘lib, u bankning maxsus blankasida tuziladi. Cheklaning quyidagi turlari mavjud: akseptlangan cheklar; nomlangan, ya’ni bir marta ishlatiladigan cheklar; limitlangan cheklar daftarchalari. Cheklar maxsus banklar asosida tayyorlanadi va qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.

  16. To’lo’v topshiriqnomasi bu:


Yüklə 43,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə