Buxoro davlat pedagogika institute aniq va tabiy fanlar fakultetining 2-kim 23 1-kurs talabasi teshayeva nozimaning psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 15,05 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü15,05 Kb.
#152496
  1   2
TESHAYEVA

Buxoro davlat pedagogika institute aniq va tabiy fanlar fakultetining 2-kim 23 1-kurs talabasi teshayeva nozimaning psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti


Mavzu
IQTIDOR
IQTIDOR
R E J A
R E J A

mavzu; iste’dod


1.Qobilyat toʻgʻrisida umumiy tushuncha 2.Talantning Psixologik asoslari.3.Qobolyatning Psixologik yondashuvlar talqini
Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikmamalakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Qobiliyat
Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi.
Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoqmoyillikmehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi.
Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud.
Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar, aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq bo‘ladi
Xush, qobiliyatlar nima? Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma, malakalar orttirish shu 
xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin shu xususiyatlarning o’zlari mazkur bilim,
ko’nikma, malakalarga taalluqli bulmaydi.
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha talanton qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi.
Talantning asosiy belgilari
a) muvaffaqiyatni ta’minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
v) originallik unsurining mavjudligi;
g) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi
d) individual psixologik xislatligi;
Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20-30 yillarida Moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fenomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tekshirish natijalari hisoblanadi.
®®I"""isteʼdod""®®
Esda olib qolish qobiliyati (estrada sahna artisti) hech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.
Qadimgi Misr,Eron, Yunon,Xitoy va Hindistonning svilizatsiyalarida psixologiyani oʻrganadigan aql va xulq-atvor tushunchalarioʻrganadigan aql va xulq-atvor tushunchalari falsafaning predmeti hisoblangan.Lekin, XIX asrda boshqa koʻplab fanlar qatori psixologiya sohasi ham falsafadan mustaqilligini eʼlon qildi

Yüklə 15,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə