Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə28/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Ota-onalar bilan hamkorlik 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim 
muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil 
qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
 ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini 
qo‘llab-quvvatlash.

III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy 
yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga 
oladi. 
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari 
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari 
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari 
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. 
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan 
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish 
mahorati. 
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingn 
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilih uchun foydalanish. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə