Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning nerv tizimining o’ziga хosligi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə24/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nerv tizimining o’ziga хosligi
Jismoniy mashqlarni bajarish prosessida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olganimizda chaqqonlik va tezlik sifatla-rini tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko'proq bo'ladi, aksincha kuch va chidamlilik harakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to'xtatib qo'yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachini xohishsiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida namoyon bo'ladi. yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon bo'ladi. Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi qo'zg'alish va tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish qobiliyati bilan bog'liq. Ayniqsa harakatli o'yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o'yin faoliyati uchun zarur bo'lgan favqulotdagi harakatlarni bajarishga to'g'ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biriga o'z o'rnini tez almashinishi bilan namoyon bo'ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi.
Nerv prosessi katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida minimal tezlik bilan yugurish, velosiped va boshqa mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil bo'ladi. Bu mashqlarda albatta me’yorni to'g'ri tanlanishi va ularni o'zaro o'rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo'yin, qorin, orqa, bel muskullari kuchsiz bo'lib ularda qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko'ra shu guruh muskullarini rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib to'g'rilab bajaradigan) mashqlarni tanlab olish, ularni yurish tezligini orttirish, boshqa harakat sifatlariga nisbatan yuqori ko'rsatgichga erishishi mumkinligini ifoda-lashdan iborat bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin, ularga o'sha mashqning axamiyatini, bajarish texnikasini, ozgina bo'lsa ham harakatli o'yin qoidalarini, umumiy va shaxsiy gigiyena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlarini o'rgatilib borilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashqni o'zi mustaqil va guruhi bilan bajarishga o'rgatish ko'nikmalari berib boriladi. O'zidan kichik guruxlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o'rgatish, o'zini sport razryadini o'sayotganiga va katta sportchilar natijalariga qizi-qishga, do'stlik, o'zaro yordam, o'yinchoqlarga nisbatan munosabat masalasi, axloq normalarini rivojlanishiga e’tibor beriladi. ularda jismoniy tarbiyani shunday yo'lga qo'yish kerakki, o'sha yoshi uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlar, aqliy, axloqiy va estetik didni tarbiyalash bilan qo'shib olib borilsin. Estetikadan tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, harakatlarini mayin hamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va boshqalar to'g'risida tushuncha berish kerak bo'ladi. Jismoniy tarbiya jarayoni davrida maktab yoshigacha bo'lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga diqqat, qabul qilish, tushunchaga ega bo'lish, fikrlash, ko'z oldiga keltirish, bilimini va boshqa xislatlarni mustahkamlash tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.
Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan ishlab chiqish organizm funksiyasining yuqori harakatchanligini talab yetadi. Bu aniq va tez javob bera olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlarni taqozo yetadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi Vatan mudofaasiga, xayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir.
Ko’rsatilgan maqsad asosida:
1.Sog’lomlashtirish,
2.Ta’limiy
3.Tarbiyaviy vazifalar hal yetiladi.
1.Sog’lomlashtirish vazifalari - bola hayotini muhofaza yetish, sog’ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini funksional takomillishtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng muhim vazifalardir. Bular asosan maktabgacha yoshdagi bolalar organizmning ximiyaviy xususiyatlari uncha rivojlanmagan, tashqi muxitning noqulay shartlariga tez bo’ysinadigan, ko’p kasal bo’lishlari natijasida vujudga kelgan noxushliklarni bartaraf qilishdan iboratdir. Bu xususiyatlarni hisobga olgan holda sog’liqni mustahkamlash vazifalari har bir tizimida, aniqroq shaklda yechilishi shart
Suyak, pay, bo’g’in tizimi holatini, shuningdek qismlarining turli yo’nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog’lam va bo’g’inlarni to’g’ri va vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab turishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Umurtqa pog’onasining qiyshayishi, bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu yesa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo’sh, chunki unda bir qancha pay hujayralari bo’ladi: bo’g’inlar ancha harakatchan, bog’lash apparati oson cho’ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo’sh va kalta. Shu munosabat bilan suyakning qotishini umurtqa pog’onasi yegilishlarini bog’lash bo’g’in apparat oson chњzilishini mustahkamlashni to’g’ri va o’z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari tana qismlari nisbatan to’g’ri rivojlantirishga, bo’yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur. Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o’zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek ximoya vazifasini bajaradi, suyak tizimini ichki organlar urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
O’quvchilarda mushaklarga nisbatan bo’sh rivojlangan va tana massasini 20-22%ini tashkil yetadi. Ayniqsa, yangi tug’ilganlarda qo’l va oyoq mushaklari bo’sh, sekin qisqarib uzoq vaqt to’g’rilana olmaydilar. Chaqaloqning birinchi oylarida mushaklarning yegilish tonusi to’g’rilanish tonusi yuqori bo’ladi. Bolalar mushaklarida suv ko’p bo’lib, oqsil moddalari va yog’ kam bo’ladi. Ayrim mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo’l, barmoq, panja, oyoq tagi, bo’yin, yuz, ko’z, hamma ichki organlar bog’lami va mushaklari)ni rivojlantirish zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e’tibor berish kerak.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə