Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Bola kasalligini kompleks baholashda asosiy belgilar sifatida quyidagilar hisobga olinadi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə66/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Bola kasalligini kompleks baholashda asosiy belgilar sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
-surunkali (shu bilan birga tug’ma kasalliklarning borligi) yoki yo’qligi;
-organ va tizimlarning funksional holati; organizmning rezistentligi yoki refaolligi; jismoniy va nerv-psixik rivojlanish darajasi va uyg’unligi.
Tekshirish vaqtining o’zida sog’lik baholanadi. Organ va sistemalarning funksional holati klinik metodlar, zarur vaziyatlarda esa, funksional sinovlar orqali aniqlanadi. Bola organizmining noqulay omillarga qarshilik ko’rsata olish rezistentligi yoki refaolligi o’tkir kasalliklarning shuningdek, surunkali kasalliklarning xuruj qilishi ham miqdori, ularning ko’rik o’tkazilgan yildan keyingi og’ir kechishi va davomiyligi bo’yicha belgilanadi.
Birinchi guruh asosan sog’lom bolalarni birlashtiradi. Bu guruh bolalari barcha kasalliklardan holi bo’lgan, kuzatish davrida kasallanmagan yoki kamroq kasalga chalingan bolalardir. Shu bilan birga sog’liqning xarakterli belgilariga muvofiq kelgusidagi sog’lig’iga unchalik ta’sir etmaydigan va tuzatishni talab etilmaydigan ba’zi morfologik normalardan chetga chiqish tirnoq kasalligi, quloq suprasi va boshqalarning kam ahamiyatli shakl o’zgarishilarga ega bo’lgan bolalar ham shu guruhga kiradi.
Ikkinchi guruhga biologik va sotsial og’irlashgan anamnezga ba’zi funksional va morfologik o’zgarishlarga ega bo’lgan, tez-tez (yiliga to’rt va undan ortiq) yoki uzoq muddatga qattiq og’rib turadigan, shuningdek, surunkali kasalliklari «tavakkal» bilan paydo bo’lib turadigan sog’lom bolalar ham kiradi.
Uchinchi guruh surunkali yoki kam uchraydigan tug’ma patologik kasalliklarga ega bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bu guruhga surunkali kasalligi xurujining o’tishi xarakteri bo’yicha og’ir bo’lmagan, tashqaridan qaraganda umumiy holati va o’zini his qilishi unchalik yomonlashmagan, kamroq (yiliga 1—3 marta) kasallanadigan bolalar ham kiradi.
To’rtinchi guruhga surunkali kasalliklar, rivojlanishda nuqsoni o’rnini to’ldirish holatida turadigan tug’ma kasalligi bo’lgan bolalar kiradi.
Beshinchi guruh og’ir surunkali kasalliklari, rivojlanishda nuqsoni o’rnini to’ldirilishi qiyin holatda bo’lgan, ya’ni nogironlik bo’yicha yoki nogironligi bilan xatarli, “og’ir tug’ma” kasallikka ega bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi.
U yoki bu belgi (yoki ular birga qo’shilib) bo’yicha sog’lig’i darajasining o’zgarishiga qarab shifokor rivojlanishni muntazam kuzatish jarayonida guruhni o’zgartirishi yoki uni avvalgi guruhiga qoldirishi mumkin. Bolalarning maktabgacha tarbiya tashkilotlarida asosan jismoniy mashq mashg’ulotlari mutlaqo zarar qilmaydigan sog’lom bolalar bo’ladilar.
Bir yoshli bolalar bilan o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va massajlar quyidagi: 1) harorati yuqori bo’lgan o’tkir kasalliklari; 2) teriga tarqalgan kasalliklari; 3) teri osti-yog’li hujayra va mushaklardagi yallig’lanish kasalliklari; 4) dekompensatsiyali yurak kasali; 5) uchinchi darajali raxit; 6) qon kasalliklari bilan og’rigan bolalar uchun zararlidir.
Individual yondoshishni amalga oshirish maqsadida o’tkazilgan tadqiqotlar asosida turli jismoniy tarbiya vositalarini tayinlash uchun shifokor bolalarni ikki guruhga ajratadi:
Asosiy guruh — «Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi bo’yicha to’la hajmda mashg’ulotlar o’tkazish uchun hech bir chegaralanmaydigan hamda tibbiy va pedagogik jihatdan aks ta’sir qilmaydigan guruhlar.
Zaif guruh — jismoniy yuklama va chiniqtiruvchi tadbirlarning me’yori va hajmi bo’yicha vaqtincha cheklash xarakteriga ega bo’lgan guruhdir. Zaif guruhga sog’liqning II, III va IV guruhida turgan, asosan tez-tez kasal bo’lib turadigan («jur’at» guruh), uzoq kasallikdan keyin asta-sekin sog’ayib boruvchi bolalar kiradi.
Tez-tez kasal bo’lib turadigan yoki surunkali kasalligi bo’lgan bolalar shifokorning doimiy nazoratida bo’lishlari zarur. Kasallik xuruj qilgan davrda ular jismoniy tarbiyaning umumiy dasturi bo’yicha shug’ullanishlari kerak. Kasallik o’tgandan keyingi dastlabki kunlarda har bir bola uchun mashg’ulotlar hajmi individual tartibda qiyinroq mashqlarni bajarishdan ozod etilishi, har bir mashqlarni takrorlash miqdori kamaytirilishi lozim. Sog’ligi yaxshilanishiga qarab va funksional sinov natijalarini hisobga olib ish hajmini asta-sekin oshirib borish kerak. Bola sog’lig’ini baholashda tarbiyachi shifokorning faol yordamchisi bo’lmog’i lozim. Kun tartibining turli jarayoni (uyqu, o’yin, mashg’ulotlar, ovqatlanish va boshqa) vaqtida bolalar bilan kundalik muloqotni amalga oshira borib tarbiyachi har bir bolaning sog’lig’i xususiyatlarini hisobga oladi va u yoki bu nuqsonlar, o’zgarishlar paydo bo’lganligini aniqlaydi. Bunday kuzatishlar individual yondoshishni ta’minlashga yordam beradi va hatto bola sog’lig’idagi o’zgarishlarni dastlabki bosqichlaridayoq aniqlab, bu haqida tibbiy xodimlariga bildirish imkonini beradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotining shifokori bolalar sog’lig’i haqidagi bahodan guruh tarbiyachilarini xabardor qiladi va umumiy hamda harakat rejimi va jismoniy yuklama hajmiga individual o’zgartirishlar kiritadi. Guruh tarbiyachilari salomatlik varaqasiga bu o’zgartishlarni yozib qo’yadi va har xil bolaga talabchanlik bilan individual yondoshishni amalga oshiradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotining tibbiyot hamshirasi (guruh tarbiyachilari bilan birgalikda) bolalar sog’lig’i, chiniqtiruvchi tadbirlar, jismoniy mashqlar bilan mashg’ulotlar (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, harakatli o’yinlar va boshqalar) tashkil etilishi va o’tkazilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotini ochiq havoda o’tkazish maktabgacha tarbiya tashkilotining barcha xodimlari: mudira, shifokor, tarbiyachilar, tibbiyot hamshiralari, enagalardan alohida e’tibor berilishnni talab etadi. Ishni tashkil etishni, mashg’ulotlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishni, ota-onalar bilan yaqindan aloqa bog’lashni yaxshilab o’ylab ko’rish zarur bo’ladi. Davomli kuzatishlar va maxsus tadqiqotlar, yil davomida ochiq havoda o’tkaziladigan mashg’ulotlarnnng maktabgacha tarbiya tashkilotiga qatnaydigan bolalarning sog’lig’i uchun mutlaqo zararsiz ekanligini ko’rsatdi. Markaziy shifoxonalarning shifokor-mutaxassislari o’tkazgan chuqur tibbiy ko’rigi ma’lumotlari va sog’lomlashtirish natijalarining bahosi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotining shifokori har bir bola uchun individual tadbirlar belgilab beradi. Surunkali kasalliklarga ega bo’lgan (yiliga 4 martadan ortiq) kasallanib turadigan bolalar mashg’ulotlarga yoz oylarida kirishishlari lozim; ular uchun muskul yuklama dozasini shifokor belgilab beradi. U shuningdek, bunday bolalarning mashg’ulotlarga yilning sovuq vaqtlarida qatnashish imkoniyatlari haqidagi masalalarni ham hal qiladi.
Har bir yosh guruhda mashg’ulotlarni individual tarzda bajarishga muhtoj 4—5 ta bolalar bo’ladi; ularning ko’pchiligi mashg’ulotlarni dastur hajmida bajaradilar. Ammo mashg’ulotlarni o’tkazishni boshlashdan oldin bolalarning jismoniy tayyorgarligi darajasi ushbu yosh guruh dasturiga muvofiqmi, yo’qmi, shuni aniqlash muhimdir. Agar yosh guruhi imkoniyatlariga dastur to’liq muvofiq emasligi aniqlansa, mashg’ulotlarni avvalo yengil mashqlardan yoki avvalgi yosh guruh dasturi bo’yicha boshlash, keyin esa, shu yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan dasturga tezlik bilan o’tish mumkin bo’ladi. Kasallik asoratsiz o’tib ketganidan keyin, ilgari chiniqqan bolalar ochiq havoda o’tkaziladigan mashg’ulotlarning 1—2 tasidan ozod etiladilar; chiniqmagan va sog’lig’ida funksional nuqsonlari bo’lgan bolalar ko’proq muddat (2—3 mashg’ulot) ga qadar ozod etiladilar; surunkali kasalligi bo’lgan bolalar, asosiy yoki boshqa kasallarining xurujidan keyin mashg’ulotlarga faqat shifokor ruхsati bilan qo’yiladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya ustidan amalga oshiriladigan shifokor nazorati tibbiy xizmati yagona sistemasining ajralmas tarkibiy qismi ekanligini tushuntiring?
2. Individual yondoshishni amalga oshirish maqsadida o’tkazilgan tadqiqotlar asosida turli jismoniy tarbiya vositalarini tayinlash uchun shifokor bolalarni nechta guruhga ajratadi va ularning o’ziga хosligini tushuntiring?
3. Bola sog’lig’ini baholashda tarbiyachi va shifokorning hamkorlikdagi faoliyatini tushuntiring?
4. Maktabgacha tarbiya tashkilotining tibbiyot hamshirasining vazifalarini ayting?


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə