Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə65/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Gavdaning o’tirish, turishi, yurishdagi odatiy holati qomat deb tushuniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qomati ularning anatomik-fiziologik xususiyatlariga bog’liq xarakterli belgilarga ega bo’ladi. L. P. Afrikanova ma’lumotlariga ko’ra maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning boshi katta kishilarnikiga qaraganda oldinga engashganroq bo’ladi, yelka kamari ko’krak qafasi darajasiga turtib chiqmagani holda ozgina oldinga siljigan bo’ladi, qorin yo’liga 1—2 sm o’tadi, umurtqa pog’onasining egilganligi aniq ko’zga tashlanmaydi, tos suyagining qiya burchagi uncha katta emas. Qomat tug’ma bo’lmaydi: u maktabgacha tarbiya yoshi davomida shakllanadi va maktab yoshida mustahkamlanadi. Bunda qomatga turli omillar — sog’lik, qaddi-qomat, nerv-psixika holati, tarbiya sharoitlari ta’sir ko’rsatadi. Qomatning shakllanishiga bolada uni to’g’ri tuta bilish malakalarini tarbiyalashning qomatni muayyan holatda tutib tura bilish zarurligiga ongli psixik tayyorgarlikning juda katta tarbiyaviy ahamiyati bor.
Qomatni to’gri tutish faqat estetik ahamiyatga molik bo’lib qolmay, balki, uning to’g’riligini buzilishi ichki organlarning holatini o’zgartiradi, yurak-qon tomir va nafas olish sistemalarining normal ishlashini qiyinlashtirib qo’yadi. Qomat buzilishining asosiy sababi tarbiyada nuqsonlarga yo’l qo’yilishidir: agar bunda yetarlicha ahamiyat berilmasa, unda bolada qomatini noto’g’ri tutish malakasi tarkib topib qoladi. Qomatni tekshirishda bola odatda, o’zini tutishi tabiiy, chiranmay qo’llar va gavda muskullarini yengilgina bo’shashtirib turishi kerak. Bola uch xil holatda turganda old, yon va orqa tojisimonlaridan ko’riladi. Old tomondan ko’rishda boshning holati (to’g’riligi, uning oldinga yoki yon tomonga egilganligi), yelkaning tashqi chegarasi va darajasi (mutanosibligi, kengligi, siqiqligi) belgilanadi. Ko’krak kafasini ko’rishda uning shakli, mutanosibligi (me’yordaligi, silindrligi, bochkasimonligi, tekisligi, botiqligi, torligi, «tovuqsimonligi», nomutanosibligi) qayd qilinadi. Orqa tomondan ko’rishda yelka va kurak (yelka ustining nomutanosib emasligi burchaklarining holati har xil emasmi ekanligiga) holatiga ko’proq ahamiyat beriladi. Orqaning shakli muhim ahamiyatga molikdir: u normal, orqa umurtqa pog’onasining tabiiy egilganligi, ammo, shuning bilan birga har xil egilish: kifozlar (bukr), lordozlar (bukilgan) skoliozlar (egri, qiyshiq) formasida bo’lishi mumkin. Umurtqa pog’onasi tabiiy egilishlarining bo’lmasligiga orqaning yassiligi deyiladi. Rivojlanishda orqada qoladigan kuraklarni qanotsimon kuraklar deb xarakterlaydilar. Umurtqa pog’onasining bo’yin orqasidan tortib beligacha bo’lgan joyidagi egilishlarining bir xilda ko’proq egilishi dumaloq deb ataladi (maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda bunday egilganlik kam uchraydi, ammo oldinga egilib yelkasi chiqib ketganlik xili ko’proq kuzatiladi). Yon tojsimondan ko’rishda gavdannng o’rta yo’ldan oldinga o’tib qo’shilib ketganligini, qorin, orqaning shaklini, tos-son suyagini va tizza bo’g’inlarining holatini aniqlaydilar.Rivojlanishda orqada qolayotgan kuraklar, siqilgan suyaklar, yelka ustining nomutanosibligi, qorinning ko’krak qafasi chizig’idan o’tib ketishi (3—5 sm ga) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko’proq uchraydigan qomat buzilishlar hisoblanadi. Tik turganda tizzaning ichki yuzasi va devor orqalari bir-biriga to’g’ri tegib tursa, bu oyoq shakli “normal” ekanligidan dalolat beradi. Agar tovonlar va oyoq uchlari jipslashtirilganda tizzalar bir-biriga to’g’ri kelmasa, unda oyoqlar O ga o’xshaydigan, agar tizzalar to’g’ri kelib, tovonlar to’g’ri kelmasa, X ga o’xshagan bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshida qomatning, oyoq shaklining buzilishi, odatda, funksional xarakterga ega bo’ladi va asosan, muskul tonusi va bog’lovchi apparatning zaifligi bilan belgilanadi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli va maqsadga muvofiq shug’ullanish bolaning tayanch-harakatlantiruvchi apparatini mustahkamlaydi va mashg’ulotlar jarayonida 5—7 yoshli bolalardagi qomat buzilishi ikki marta kamayadi. Organizmning ish qobiliyati va uning mashq qilganlik darajasi organizmni asosiy energiya bilan ta’minlab turadigan yurak-tomir va nafas olish tizimining funksional imkoniyatlari bilan belgilanadi. Tekshirishda jismoniy mashqlar bilan bo’ladigan ayrim mashg’ulotlarning bola organizmiga ta’siri hisobga olinadi va pulsga javob reaksiyalari hamda nafas olishning tashqi ko’rsatkichlarining xususiyatlari, shuningdek, mashg’ulotgacha, mashg’ulot paytida va mashg’ulotdan so’nggi emotsional tonus va umumiy ahvoldagi o’zgarishlar ham qayd qilinadi. Bolaning tomir urishi va nafas olishi mashg’ulot oldidan va tamom bo’lishi bilan sanaladi. Tomir urish soniya 10 sekundli interval bo’yicha, nafas olishning soni 30 s. davomida hisoblanadi. Mashg’ulotdan keyin tomir urishi va nafas olish tezligini hisoblash dastlabki holatga qaytguncha olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalarda mashg’ulotdan keyinoq tomir urishi dastlabki miqdorga nisbatan 15—20 % ga, nafas olishning normal xarakteri buzilmagan holda 1 minutiga 10—15 ga tezlashsa, ularning reaksiyasi eng yaxshi, ma’qul deb baholanadi. Tomir urishi va nafas olish tezligi ko’rsatkichlarining dastlabki miqdoriga qaytish vaqti 2—3 minutdan oshmasligi lozim. Bola sog’lig’ini baholash anamnez (kasaldan so’rab to’planadigan) ma’lumotlar, jismoniy va nerv-psixik rivojlanish darajasi, klinika ko’rigi ma’lumotlari, shifokor-mutaxassislar, laboratoriya tadqiqotlarining ma’lumotlari, bola kasallanishini tahlili asosida olib boriladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə