Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayonining ahamiyatida ham qo‘llaniladi. Sport



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə73/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayonining ahamiyatida ham qo‘llaniladi.
Sport - bu sportning shaxsiy faoliyati bo‘lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo‘ladigan, jismoniy mashqlarning qaysi bir turlarida yuqori natijalarga erishish uchun yo‘naltirilgan maxsus faoliyat bo‘lib hisoblanadi.
"Jismoniy madaniyat" atama, umumiy "madaniyat" atamalar kabi ko‘p ma’nolidir. Zamonaviy adabiyotda "madaniyat" deganda inson ("jamiyat") faoliyatining ayrim turlari, shuningdek uning shaxs va jamiyat uchun qimmat baho bo‘lgan natijasiga aytiladi.
"Madaniyat"ning umumiy tushunchasini aniqlashda odatda "tabiat" tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma’lumki, tabiatda tabiat qonunlari bo‘yicha insonga bog‘liq bo‘lgan hamma narsa tegishlidir, hamda uning faoliyati natijasi (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudotdir). Madaniyat hodisalariga kishi (jamiyat) qayta ishlash faoliyatining usullari va natijalari, ya’ni tabiatni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyat tegishlidir.
Madaniyatning rivojlanish jarayonida faoliyatning asosiy turi (shakli, usullari) bo‘lib, insoniyatning takomillashuviga, o‘z xususi tabiatini "o‘zgartirishga" yo‘naltirilganlar kiradi. Madaniyatning mana shu kom’onentlariga jismoniy tarbiya tegishlidir.
"Jismoniy madaniyat" tabiat in’omidan olingan insonning hayoti uchun zarur sifatlari, imkoniyatlar va qobiliyatlarga ta’sir etadiki, ular nasldan naslga o‘tadi, hamda hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari ta’sirida avlodlararo rivojlanadi.
Jismoniy madaniyat butun hayot davomida tabiiy va morfofunksional xususiyatlar o‘zgarish va shakllanish holida inson jismoniy rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, jismoniy sifat va qobiliyatga asoslanadi. Jismoniy madaniyat tarixan insonning birinchi va muhim sharti bo‘lmish mehnatga bo‘lgan amaliy ehtiyoj ta’sirida vujudga kelgan. Texnik taraqqiyot jarayonida jism, madaniyat, kasallikni oldini olish, buzilgan funksiyalarni tiklash, inson organizmining qobiliyatini saqlash va oshirish kabi samarali vosita bo‘ladi, ya’ni jismoniy holatini yaxshilashdir.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning jamoa tarixiy amaliyotida to‘plangan moddiy va ma’naviy boyliklar to‘‘lamidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari (o‘yinchoqlar, sport xonalari, maydonchalar, tirlar, xavzalar va h.k.), jismoniy jihozlar, buyumlar, maxsus sport kiyimlari, poyafzal va boshqalar kiradi. Ma’naviy boyliklarga jismoniy madaniyat haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, grafika, musiqa va boshqalar) kiradi.
Jismoniy madaniyat rivojlanishining har bir bosqichida ular boyliklarni tashkil etib, bunda unga yondashgan har bir shaxs uchun u o‘zlashtirish, foydalanishi, imkoni bo‘lganda kelajakdagi rivojlanish fani bo‘lib qoladi. Bu yerda gap, xususan, hozirgi kunda jismoniy madaniyatning keng tarqalgan, amaliy va boshqa bo‘limlariga kirgan gimnastika, sport, harakatli o‘yinlar, jismoniy mashqlarning ko‘‘gina turlari va to‘plamlari to‘g‘risida boradi.
Rivojlanishning uzoq yo‘lida uning mazmuni va shakllari jamoat hayoti va faoliyatining turli sohalariga tatbiq etish bilan asta differensiallashib bordiki, bir qator qismlari va bo‘laklarining shakllanishida o‘z aksini to’di.
2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida.
Oldin aytib o‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko‘pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa kom’onentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bogliq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy - kasb -amaliy va harbiy - amaliy jismoniy madaniyatga bo‘linadi.
Kasb - amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb - amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə