Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə72/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

«Jismoniy kamolot» - to‘liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko‘nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.
Jismoniy tayyorgarlik - sog‘liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o‘z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullangan va shug‘ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan o‘kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
"Jismoniy tarbiya" - Jismoniy kamolotga erishish uchun yo‘naltirilgan ‘edagogik jarayon bo‘lib harakat malaka va ko‘nikmalarda o‘rtacha va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, nafosat va mehnat tarbiyasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklardan mavjud.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilmagan jarayon bo‘lib, uning mazmunini faoliyatning har bir turlarida keng umumiy yo‘nalishlarga qaratilgandir. Maxsus jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya turlari bo‘lib chuqurlashtirilgan ob’ekt sifatida tanlab olingandir. Bularni sport turlarida yoki mehnatga-kasbga yo‘naltirilgan mashqlarda kuzatishimiz mumkin.
Misol: Qa’la himoyasi o‘yini, uzunlikka sakrash. Aniq kasb xususiyatiga bogliq ravishda jismoniy mashqlarni o‘tkazishning maxsus metodikasi, vositalari, vazifalari bilan xarakterlanadi.
«Jismoniy ta’limot» - maxsus bilimlarni, harakat ko‘nikmalarni va malakalarini o‘z ichiga oladigan jismoniy tarbiyaning bir tomoni.
"Jismoniy mashqlar" - jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan harakatlar, harakat faoliyati, shuningdek harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) kiradi, harakat faoliyati deb inson harakat apparatining faolligi asos bo‘lgan har qanday faoliyatga aytiladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə