Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


II. 2. О‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/118
tarix20.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#129062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

II. 2. О‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi 
va taraqqiyot bosqichlari 
O‘rta Osiyoda XIX asrning 80-90- yillariga kelib, bolalar 
maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari tatbiq etila boshlandi. O‘sha 
davrda taraqqiyparvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash 
ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko‘rib, ularning 
qismatini yengillashtirishga intila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari 
1872-yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan 
edilar. “Jamiyati xayriya” tashkiloti tomonidan miskinlar uylari, 
tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan 
bolalar uchun yetimxonlarni tashkil etdi. 
Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda taxminan 
150-200 kishini o‘z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshli 
bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham qamrab olgan. 


29 
1896- yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning 
bolalari uchun “yasli”lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi. 
Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va 
maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan, bolalar kun bo‘yi yaslida 
bo‘lishar va uch marta ovqatlantirilar edi. Yasli ishlarini nazoratchi 
ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu 
muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka) qat’iyat bilan 
o‘rgatilgan. Shuningdek, bolalarni oddiy o‘qishga, yozishga
sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga 
o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab shunday yaslilardagi bolalar soni 50-
60 boladan oshmas edi. 
Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkent, 
Samarqand, Sirdaryo, Namanganda yetimxonalar tashkil etilgan. 
Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891-yilda “Bog‘dorchilik” 
jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va 
maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi xilida” birinchi 
bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi istirohat bog‘i 
maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, 
qayiqlar, katta arg‘imchoq(ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil 
o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o‘rinni egallab, 
bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi. 
1891-1903-yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog‘cha bir 
necha marta yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri 
ostida Toshkentda 1903-yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy 
to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak harbiy ministr va xalq maorifi 
tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga 
quyidagi vazifalarni: 
1. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va tako-
millashtirishda yordam berish; 
2. Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini bosh-
qaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog‘chasining yagona 
tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga 
yaqinlashtirishni qo‘yadi. 
Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. 
Ta’lim-tarbiya to‘garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining 
tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi, shu sababli 
to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni 
muhokama qilishar edi. 


30 
Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha 
bo‘lgan ikki xil yosh guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va 
ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi. Harakatli o‘yilar, xor 
bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan 
narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval 
tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan, 
bu ishlar mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshirilgan. 
Ta’lim-tarbiya to‘garagi bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ish 
saviyasini oshirishga yordam berdi. Tarbiyaviy ish mazmuniga 
muayyan tizim, xilma-xil ish shakllari kiritildi. Lekin maxsus tayyor-
garlikka ega bo‘lgan tarbiyachilar bo‘lmaganligi sababli ko‘pincha 
bog‘cha tarbiyaviy ishining mazmuni betartib amalga oshirilar edi. 
1903-1914-yillar davri maktabgacha tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya 
g‘oyalarining jadal suratda o‘sishi bilan xarakterlanadi. Sirdaryo, 
Samarqand, Toshkent shahrida bolalar bog‘chalari kabi ayrim 
bog‘chalar yuzaga keldi. 1909-1910-yillarda va keyinchalik xususiy 
bog‘chalar paydo bo‘ldi. Bu bog‘chalarda 6 yoshdan boshlab bolalar 
asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar 
bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar 
ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega bo‘lgan va chet tillarini 
biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar 
bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi. 
Davlat tomonidan ijtimoiy bolalar bog‘chalari faqat 1917-yildan 
keyingina yalpi tarzda tashkil etildi. 
1917-yil 20-noyabrda xalq komissarlari tomonidan “Maktabgacha 
tarbiya yuzasidan dekloratsiya” e’lon qilindi. Bunda: “Bolalarni 
ijtimoiy tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug‘ilgan kunidan 
boshlanadi”, - deyilgan edi. Maktabgacha tarbiya butun xalq maorifi 
tizimining birinchi bo‘g‘ini va tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 1919-yilda 
qabul qilingan davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida ijtimoiy 
tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida 
maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish 
haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumiy siyosiy yo‘li asosida 
Turkiston ASSR maorifi xalq komissarligi oldida davlat maktabgacha 
tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik 
ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa ma’suliyatli 
vazifalar paydo bo‘ldi. 


31 
Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918-yilning 
ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918- yil 20-oktabrda 
Turkiston maorifi xalq komissarligi qoshida Respublikadagi 
maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish 
uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil 
qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining qoshida 
maktabgacha tarbiya kichik bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir 
respublikada maktabgacha tarbiyaning jonlanishiga yordam berdi.
Maktabgacha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishda: 
1. Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan 
ta’minlash; 
2. Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan mahalliy, milliy 
vakillaridan kadrlar tayyorlash; 
3. Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan 
iborat edi. 
“Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va 
unda bo‘lim: “3yoshdan 8yoshgacha bo‘lgan maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud 
muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi bolalar bog‘chalari, 
yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy 
yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi, bolalar bog‘chalari 
rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil 
qilindi”, – deyiladi. 
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha tarbiya 
muassasalariga jalb etish uchun kurash juda murakkab va qiyin 
sharoitda olib borildi. 1918-yilda Toshkentning sobiq eski shahar 
qismida o‘zbek bolalari uchun 4ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘-
lindi. 
Birinchi bog‘cha Shayxontoxur dahasida, Hasanova - mudiri, 
Mahsuma Qoriyeva va Robiya Abdurashidova tarbiyachi bo‘lib 
faoliyat ko‘rsatgan. Ikkinchi bog‘cha Xo‘ja ko‘chasida, Anvar 
Yaxshiyeva mudiri bo‘lgan. 
Uchinchi bog‘cha Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan. 
To‘rtinchi bog‘cha Beshyog‘och dahasida ochilgan bo‘lib, bunda 
o‘qituvchi Qodirxonov mudirlik qilar edi. 
1920-yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu 
jumladan, mahalliy aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar 
maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida o‘zbek va boshqa mahalliy 


32 
millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda 
maktabgacha tarbiya muassasalarida hammasi bo‘lib 6394 bola 
tarbiyalanar edi. 1921-yilga kelib bolalar bog‘chalarining soni 105 
taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 
32 taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni 
qariyb 8000 kishiga etdi, ulardan 2000 dan ko‘prog‘i turli 
millatlarning farzandlari edi. 
Ulug‘ vatan urushi yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va 
bolalar maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 
1994-yil 1 - yanvariga kelib 54 ming bola tarbiyalandi, davlat 
tamonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning 
bolalar bog‘chalarida ko‘chirib keltirilgan 16000 dan ko‘proq bolalar 
tarbiyalandi. Shuningdek ota - onasiz qolgan qariyb 400 bola 
vasiylikka olish prinsipiga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə