Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi



Yüklə 138,59 Kb.
səhifə3/10
tarix02.04.2023
ölçüsü138,59 Kb.
#104053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti fizika

Kurs ishining maqsadi:Sport kollejlarida fizika o’qitishda kasbiy aloqadorlik.
Kurs ishining ob’yekti: Sport kollejlarida fizikani kasbiy aloqadorlik bilan o’qitish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:
1.Sport kollejlarida fizika fanini o’qitishdan maqsad
2. Sport kollejlarida fizika bilan kasbiy aloqadorlikni o’rganish
3.Sport sohalarining fizikaga bo’gliqligi
Sport kollejlarida o’quvchilarga fizikadan chuqur va mustahkam bilim berish, fizika o’qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi zamonda axborotlar ko’lami jadal o’sib fanlar tarmoqlanib bormoqda. Shuning uchun axborotlarning muhimlarini saralab o’quvchilarga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Fanlar tarmog’ida fizikadan umumlashgan bilimlar va ularning amaliy mazmunini o’quvchilar ongiga singdirish zamon talabiga aylanmoqda. Ushbu hol fizikadan umumlashtiruvchi darslarda to’laqonli hal etiladi. Kasb-hunar kollejlarda fizika o’quv dasturi 160 soatga mo’ljallangan bo’lsada, o’quvchilarga tajriba faktlari, fizik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar va ularni amalda qo’llanilishi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Shuningdek o’quvchilarni fizika fanining nazariy va eksprimental metodlari bilan tanishtirish ham o’quv dasturidan o’rin olgan. Sport kollejlarida mustaqil bilim olish, fizik hodisalarni kuzatish tushuntirish va o’ziga xos ijodiy xulosalar chiqarish fizika ta’lim jarayonining muhim jihatlarini ifodalaydi. O’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarni ma’lum tizimga keltirishda umumlashtiruvchi darslarning ahamiyati va imkoniyati katta. Har bir umumlashtiruvchi darsni tashkil etish va o’tkazish metodikasi ko’p hollarda mazkur darsning mazmun va mohiyatidan kelib chiqishi bilan asoslanadi. Umumlashtiruvchi darslar, fizikaning yangi o’quv materiallari (ma’lumotlar) bilan boyitib borilsagina samarali natija berishi mumkin. Mazkur kurs ishida fizika ta’lim mazmuniga muvofiq kelgan umumlashgan dars mazmuni va metodikasi o’rganiladi. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonini tashkil etish o’ziga xos samarali usul ekanligini tadqiq etish mazkur ishning asosiy ob’ekti hisoblanadi. Bunda fizik ma’ruzalarni bayon etish jarayonini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida yaratish, umumlashgan xarakterdagi masalalar yechish, amaliy xarakterdagi keng qamrovli ma’lumotlarni mazmuni ishlab chiqiladi. Kasb-hunar kollej o’quvchilari tanlangan ixtisosligiga oid bilimlarni to’laqonli egallashga yordam beruvchi imkoniyatlarni o’rganib fanlararo bog’lanish ko’rinishlari yaratiladi.

Yüklə 138,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə