Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

bosqichlari
idrok etish, anglash, esda qoldirish, 
amaliyotga qo‘llash, umumlashtirish, tizimlash kabilar asosida o‘quvchi faoliyati 
tarkibini belgilash – modul qurilishida eng muhim asosdir. [23] 
Kimyo fani bo’yicha mutaxasislikni tanlagan o’quvchilar guruhlari uchun 
dasturiy saboqlardan tashqari maxsus kurslar o’qish, murakkab masalalar yechish 
va qo’shimcha amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ya’ni ularni dastur doirasidan 
tashqarida bo’lgan mavzular bilan tanishtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish 
va kengaytirish, ilmiy tafakkurga, mustaqil fikrlashga erishish qobiliyatlarini 
to’laroq namoyon etish va natijada, ilmiy-tadqiqotning ilk kurtaklarini 
shakllantirish maqsadga xizmat qiladi.
9-sinf o’quvchilari uchun qo’shimcha amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda bir 
qancha savol va topshiriqlarni berib o’tamiz. 
1.Metallar davriy sistemada qanday joylashgan. 
2.Metallar tabiatda qanday shakllarda uchraydi. 


47 
3.Metallarni olish usullarini bilasizmi. Misollar keltiring. 
4.Metallarning issiqlikni va elektr tokini yaxshi o’tkazishi nimaga bog’liq. 
5.Og’ir va yengil metallardan qaysilarini bilasiz. 
6.Eng qattiq va plastik metallarni bilasizmi. 
7.Metallarning kimyoviy xossalari nima bilan izohlanadi. 
8.Simob misli uning tuzli eritmasidan siqib chiqara oladimi. 
9.Metallarda qanday bog’ mavjud va uning mohiyatini tushuntiring. 
10.Metallar elektrokimyoviy qatorining mohiyati nimadan iborat. 
11.Kumush nitratning eritmasiga miz ta’sir ettirilganda 4,3 gr kumush ajralib 
chiqqan. Reaksiya uchun olingan eritmada qancha kumush nitrat bo’lgan.
12.Qotishmalar qanday olinadi. 
13.Qotishmalarning xossalari nimalarga bog’liq bo’ladi. 
14.60% Cu va 40% Zn dan iborat qotishmaning kimyoviy birikma sifatida 
formulasini aniqlang. 
15 .99% Cu va 1% Be dan tashkil topgan qotishmaning 10 gr miqdorini to’la 
eritish uchun 20% li nitrat kislota eritmasidan necha gr kerak bo’ladi. 
16.375, 583, 585, 750, 900 probali oltin buyumlardagi raqamlar qanday 
ma’noga ega ekanligini o’qituvchidan so’rab, fikrlaringizni daftaringizga yozing. 
17.Turmushda ishlatiladigan alumin idishlarni tayyorlashda aluminiy 
qotishmalaridan foydalanib bo’lmasligi sababini tushuntira olasizmi. 
18. Insonlar qadimdan ishlatib kelgan qotishmalar haqida ma’lumot to’plang 
va kimyo to’garagida muhokama qiling.[24]


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə